Xabarlar

BIR OYLIK MALAKA OSHIR TAASSUROTLARI

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialida joriy yilning 7 sentyabrdan – 5 oktyabrgacha O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblari uchun "Islomshunoslik (islom tarixi va manbashunoslik, qur'onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi)” yo‘nalish bo‘yicha 144 soatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. Malaka oshirish kursida Samarqand viloyatidan 15 nafar, Buxoro viloyatidan 4 nafar, Jizzax viloyatidan 6 nafar va Sirdaryo viloyatidan 5 nafar, Navoiy viloyatidan 3 nafar jami 33 nafar imom-xatib va imom-noiblari o‘z malakalarini oshirdilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va viloyati bosh imom xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Samarqand shahridagi “Xo‘ja Abdu Darun” jome' masjidida peshin namozini jamoat bilan ado etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va viloyati bosh imom xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurovlar Samarqand shahridagi “Xo‘ja Abdu Darun” jome' masjidida peshin namozini jamoat bilan ado etdilar.

 

Samarqand Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahrida qurilish ishlari olib borayotgan "Xo‘ja Abdu Darun" jome masjidiga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan tanishdi.

Samarqand Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov  Samarqand shahrida qurilish ishlari olib borayotgan "Xo‘ja Abdu Darun" jome masjidiga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan tanishdi.

 

Qo‘limizga ilk bor qalam tutib, xat-savodni o‘rgatgan, mehrini ulashgan muallimlarga doimo ta'zimdamiz.

Qo‘limizga ilk bor qalam tutib, xat-savodni o‘rgatgan, mehrini ulashgan muallimlarga doimo ta'zimdamiz. Ularning saboqlari, o‘gitlari hayotda doimo asqotadi, bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Ha, o‘qituvchilik shunday sharafli kasbki, bir umr yo‘limizni charog‘on etadi, qalbimizga ilmu urfon urug‘ini qadaydi.  

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma'rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.

Diniy sohada uzoq yillar xizmat qilib el yurt tinchligi yo‘lida fidoyi xizmat qilgan, bir nechta shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

 

Ustozga ehtirom olamga ehtirom

Ustoz – muallimsiz  qolganda  zamon,

Nodonlikdan   qaro  bo‘lardi  zamon.

Abdurahmon  JOMIY

Muallimlik – buyuk maqom. Chunki payg‘ambarlar muallim bo‘lganlar. “Muallim” so‘zining ma'nosi ilm beruvchi, ta'lim beruvchi, o‘rgatuvchi demakdir. Payg‘ambarlar insoniyatga ezgulikni o‘rgatganlar. Ana shuning o‘ziyoq ustozlik qay darajada yuksak martaba ekanini ko‘rsatadi. 

 

"Gapirmayman, eshitmayman lekin Allohdan roziman..."

Xabaringiz bor, marhum muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li hazratlari tomonidan nashr etilgan “Tafsiri Irfon” kitobining muxtasar shaklda ta'lif etilgan – “Qur'oni karim va o‘zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi” kitobi chop etilib, xayriya tariqasida keng tarqatilmoqda.

Ayni kunlarda ushbu Qur'oni karim kitobining nusxalari madrasalar ustozlari, talabalari, imom-domlalar, diniy soha xodimlari va Qur'oni karim o‘qishga ishtiyoqi bor, lekin imkoniyati yo‘q fuqarolarga ham bepul tarqatish ishlari davom etmoqda.

 

"Turizm fidoyisi" ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz tashabbuslari bilan qator farmon va qarorlar imzolandi, turizm sohasi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida e'tirof etildi. Shu asnoda hududlarimizda turizmni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining tantanali topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

 

Kalom ilmi olimi merosiga bag‘ishlangan xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi

Buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta'limoti asoschisi imom Abu Mansur Moturidiyning izdoshi, moturidiylik ta'limotining keng yoyilishiga ulkan hissa qo‘shgan Abu Muin Nasafiy merosini chuqur o‘rganish, uning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularda ma'naviy va ma'rifiy qarashlarimizga yot bo‘lgan zararli ta'sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish dolzarb vazifa sanaladi.

 

Xushxabar: Jizzaxda “Qur'oni karim va tajvid” o‘quv kursi ochildi

Bugun, 27 sentyabr kuni Jizzax shahar markazida “Qur'oni karim va tajvid” o‘quv kursining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, qiroat ilmi ustozi Alijon qori tashrif buyurdi.

Tadbirda mutasaddi vakillar, imom-xatib, tolibi ilm va boshqa Qur'on karim shaydolari qatnashdi.

Ochilish marosimi tafsilotlarini muslim.uz va AlQuran.uz portalining sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.

 

Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga safari chog‘ida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

Qur'on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.

Davlatimiz rahbariga majmuada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida ma'lumot berildi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Samarqandga tashrifi yakunlandi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqandga keldi.

Davlatimiz rahbari avval Hazrati Hizr majmuiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.
(https://president.uz/uz/lists/view/4642)Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘yilib, Qur'on tilovat qilindi.

@shmirziyoyev

 

TANIQLI ULAMOLARNING NAVBATDAGI TASHRIF MANZILI – NAVOIY

TANIQLI ULAMOLARNING NAVBATDAGI TASHRIF MANZILI – NAVOIY

 

Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 Joriy yilning  21 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Samarqand tumanidagi mavjud 6 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Samarqand tumanidagi  “Xo‘ja Ahrori Valiy” masjidida bo‘lib o‘tdi.

 

Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan otinoylar bilan "Bugungi kundagi otinoyilarning vazifalari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning  21 sentyabr kuni viloyat bosh otinoyisi N.Temirova  va DIQ mutaxassisi S.Najmiddinova Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan otinoylar bilan " Xo‘ja Abdu Berun" jome masjidida "Bugungi kundagi otinoyilarning vazifalari" mavzusida suhbat qurib, ularning muammo va kamchiliklarini o‘rgandi. Shundan so‘ng tumandagi kam ta'minlangan honodonlarga tashrif buyurib sovg‘alar ulashdilar.

 

Yoqubjon domla Mansurov Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabalari bilan “Sof islom aqidasini saqlaylik!” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabalari bilan “Sof islom aqidasini saqlaylik!” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. O‘tkazilgan davra suhbatida 100 ga yaqin talaba yoshlar va oliygoh o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing