O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Turkiyalik mehmonlar Samarqandga tashrif buyurdi.

 
 

Turkiyalik mehmonlar Samarqandga tashrif buyurdi. Mehmonlar Samarqandning diqqqatga sazovor joylarini ziyorot qilmoqda. Bugun mehmonlar ziyorati davomida Samarqand Shahrida joylashgan “Shohi Zinda” ziyoratgohiga tashrif buyurdi. Mehmonlarga viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamrohlik qilmoqda.
Malumot o‘rnida shuni aytishimiz joizki, QUSAM ibn ABBOS (taxm. 624-677) — sahoba. Muhammad (sav)ning amakivachchasi. Manbalarda aytilishicha, Said dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurgizmoq maqsadida Qusam ibn abbos ibn A. ni bir necha islom qo‘shini bilan Samarqandda qoldirgan. 677 y. sug‘diylar Samarqandga hujum qilganda Qusam ibn abbos ibn A. shahid bo‘lgan. Banu nojiya qabristonida g‘or yonida (boshqa manbalarda — g‘oziylar yonida) dafn etilgan U Obi mashhad arig‘i yaqinida bo‘lgan. Amir Temur davrida ushbu mozor ustiga imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatilgan. Xalq orasida Shohi Zinda («Tirik shoh») nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yodgorlik o‘rta asr me'morligining noyob obidalaridan sanaladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/10/2021 14:09;   Ko‘rilganligi: 536
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/turkiyalik-mehmonlar-samarqandga-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 17:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing