Xabarlar

Xayrullo domla Sattarov Samarqad davlat tibbiyot instituti talabalari bilan “Ilm olishning fazilatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Bugun,  21 sentyabr kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov Samarqad davlat tibbiyot instituti talabalari bilan “Ilm olishning fazilatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. O‘tkazilgan davra suhbatida 100 dan ziyod talaba yoshlar va oliygoh o‘qituvchilari ishtirok etishdi. 

 

Bugun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov SamDU (Samarqand davlat universiteti) tashkil etilganligining 600 yillligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

 Ma'lumot uchun, Registon maydonidagi me'moriy majmuaning tarkib topishi Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlangan. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan. Bugungi kunda esa mazkur oliygohda O‘rta Osiyoning  turli hududlaridan kelgan 30 000 dan ziyod talaba yoshlar tahsil olmoqda.

Tadbirga xorijiy nufuzli mehmonlardan Nobel mukofoti laureati, AQSHning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar, Istanbul universiteti rektori Mahmud AK (Turkiya) va mazkur oliygohda ta'lim olgan professor o‘qituvchilar hamda viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan xorijiy martabali mehmonlar - AQSHning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar va Istanbul universiteti rektori Mahmud AK janoblariga hamda SamDU (Samarqand davlat universiteti) ning axborot-resurs markaziga Muftiy Usmonxon Alimov rahimahullohning xotiralariga bag‘ishlab Turkiya bilan hamkorlikda nashr etilgan “Qur'oni Karim va O‘zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi” kitobidan hadya etildi.

Tadbir so‘ngida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla mazkur oliygohning yana ko‘p yillar yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularning ongu-shuurini yuksak ma'naviyat, ma'rifat yog‘dulari bilan yoritish yo‘lida xizmat qilishini Allohdan so‘rab, xayrli duolar qildi.

 

Xushxabar: 24 sentyabrdan juma namozi masjidlar xonaqosida ado etiladi

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma'naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, Respublika maxsus komissiyasining majlisida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 24 sentyabrdan e'tiboran juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqildi hamda ma'qullandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.

 

 

Bulung‘urda saxovatpesha inson 2200 namozxonga mo‘ljallangan masjid qurdi

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida saxovatpesha insonlar tomonidan yangi masjid bunyod etilmoqda. Bir yarim yillik mehnat yakunlanish arafasida. Masjidning ochilishi kelgusi oyga mo‘ljallangan.

Musulmon olamida masjidlar Alloh taoloning yer yuzidagi uylari sifatida katta mavqega ega bo‘lib, eng pokiza makonlar sanaladi. Masjidlar Alloh taologa eng mahbub maskanlardir. Ularda Alloh taologa ibodat qilinishi sababli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam marhamat qilganlaridek, «shaharlarning Allohga eng mahbub joyi – masjidlaridir» (Imom Muslim rivoyati).

 

Xayriya tadbirida imkoniyati cheklangan bolalarga nogironlik aravachalari topshirildi

Ayni paytda: Samarqand shahridagi "Mo‘jiza" bazmgohida 50 nafar imkoniyati cheklangan bolaga maxsus nogironlik aravachalari topshirilmoqda.

 

"SARHISOB" TANLOVIDA ISHTIROK ETING!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda yangilanyotgan O‘zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yot g‘oyalardan himoya qilishda faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida «Sarhisob» tanlovini o‘tkazadi.

 

Anqara Yildirim Boyazid Universiteti rektori prof. Ibrohim Aydinli boshchiligidagi mazkur oliy ta'lim muassasasining delegatsiyasi joriy yilning 18 sentyar kuni Samarqandga tashrif byurdi.

Anqara Yildirim Boyazid Universiteti rektori prof. Ibrohim Aydinli boshchiligidagi mazkur oliy ta'lim muassasasining delegatsiyasi joriy yilning 18 sentyar kuni Samarqandga tashrif byurdi. Delegatsiya a'zolarini viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov kutib oldi. Mehmonlar tashrif davomida viloyatimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishmoqda. Mehmonlar viloyat bosh imom-xatibiga o‘z esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shndan so‘ng viloyat bosh imom-xatibi ham o‘z hadiyalarini muhtaram mehmonlarga hadiya sifatida berdi.

 

Munosabat: Xayrli ishning g‘arazli talqini

Shu kunlarda ba'zi internet tarmog‘ida “O‘ttiz ming o‘zbekcha-turkcha Qur'oni karim tarjima kitobi O‘zbekistonda tarqatildi” degan mazmundagi xabarlar keng tarqatilmoqda. Ayrim ijtimoiy tarmoq yurituvchilari xayriya tariqasida ulashilayotgan mazkur kitoblar do‘konlarda sotuvga chiqarilishi mumkinligi haqidagi asossiz axborotlarni ham yoyishga urinmoqdalar.

 

Rossiya musulmonlari diniy uyushmasi raisi, Moskva muftiysi Albir hazrat Krganov juma namozini “Eshon Temirxon to‘ra” jome massjidida ado etdi.

Bugun, 17 sentyabr Juma kuni viloyatimizga Rossiya musulmonlari diniy uyushmasi raisi, Moskva muftiysi Albir hazrat Krganov ziyorat safari bilan tashrif buyurdi. Avvalo mehmonlarni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov kutib oldi. Tashrif Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdan boshlandi.

Ziyorat safari davomida mehmonlar viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamrohligida Ishtixon tumanida joylashgan Shayx Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov rahimahullohning qabrlarini ziyorat qildilar hamda Juma namozini “Eshon Temirxon to‘ra” jome massjidida jamoat bilan ado etdilar.

 

Xayrullo domla Sattarov Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan tashrif buyurgan mehmonlar bilan birgalikda Juma namozini Samarqand shahar “Shohi Zinda” jome masjidida ado etdilar.

Bugun, 17 sentyabr' kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan tashrif buyurgan mehmonlar bilan birgalikda Juma namozini Samarqand shahar “Shohi Zinda” jome masjidida ado etdilar.

 

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovlarning aholi bilan o‘tkazayotgan “Ne'matlarga shukr qilaylik”, “Yurt kelajagi, yoshlarga e'tibor”, “Buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish eng dolzarb vazifa” kabi mavzulardagi tadbirlari bugun Samarqand shahar “Ko‘kmasjid” MFY aholisi bilan davom etmoqda.

Bugun DIQning viloyatdagi vakili S.Boymuradov va Samarqand viloyat bosh imom-xatibi  Zayniddin domla Eshonqulovlarning aholi bilan o‘tkazayotgan “Ne'matlarga shukr qilaylik”, “Yurt kelajagi, yoshlarga e'tibor”, “Buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish eng dolzarb vazifa” kabi mavzulardagi tadbirlari Samarqand shahar “Ko‘kmasjid” MFY aholisi bilan davom etdi. 

 

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumani aholisi bilan “Ne'matlarga shukr qilaylik”, “Yurt kelajagi, yoshlarga e'tibor”, “Buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish eng dolzarb vazifa” kabi mavzularda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazmoqda.

Bugun DIQning viloyatdagi vakili S.Boymurodov va Samarqand viloyat bosh imom-xatibi  Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumani aholisi bilan “Ne'matlarga shukr qilaylik”, “Yurt kelajagi, yoshlarga e'tibor”, “Buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish eng dolzarb vazifa” kabi mavzularda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazmoqda.

 

Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Samarqand viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida “Inson a'zolarini ko‘chirish (transplantatsiya)” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

Bugun, Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Samarqand viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida “Inson a'zolarini ko‘chirish (transplantatsiya)” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. Tadbir davomida Zafar domla Mahmudov so‘zga chiqib, inson a'zolarini ko‘chirishga Islom dinining munosabati to‘g‘risida ma'ruza qildi. Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

Bugungi otinoyi zamon bilan hamnafas yashashi, ma'rifatli, ma'naviyati yuksak, xotin-qizlarning muammolariga yechim topa olishi bilan alohida ajralib turishi kerak.

Bugungi otinoyi zamon bilan hamnafas yashashi, ma'rifatli, ma'naviyati yuksak, xotin-qizlarning muammolariga yechim topa olishi bilan alohida ajralib turishi kerak. Chunonchi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish va bunyodkorlik ishlari har bir mutasaddidan shuni talab etmoqda.

Bugun viloyatimizdagi  “Konsert zali” majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi viloyatimizdagi tuman va shahar bosh imom-xatiblarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va joylarda faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi.

 

Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov “Samarqand davlat chet tillari instituti”da talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Bugun, 14 sentyabr kuni viloyatimizda joylashgan oliy ta'lim muassasalarida diniy soha xodimlarining talaba va o‘qituvchilar bilan o‘tkazadigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasi asosida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov “Samarqand davlat chet tillari instituti”da talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. O‘tkazilgan davra suhbati “Yot g‘oyalardan ehtiyot bo‘laylik”, “Ilm olishning fazilatlari” va shu kabi dolzarb mavzularda bo‘ldi. Davra suhbati juda qizg‘in tarzda davom etdi. Talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob oldilar. Tadbirda 100 dan ziyod talaba yoshlar hamda oliygoh o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing