Xabarlar

Paxtachi tumanida xayr-ehson va birdamlikka chorlovchi sayyor yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi hamda yillik ish rejasi doirasida Paxtachi tumanida ma'naviyat, mehr-shafqat va xayr-saxovat ruhi bilan yodda qolarli sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, sayyor uchrashuvlarni samarali va mazmunli tashkil etish yuzasidan muhim ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. U kishi har bir masjid imom-xatibi hamda mas'ul shaxslarga aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini eshitish va imkoniyatdan kelib chiqib joyida hal etish zarurligini alohida ta'kidladi.

 

Samarqand viloyatida imom-xatiblari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi

Jonajon Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida, yurtimizda bu yilgi bayram tantanalari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati imom-xatiblari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.

Tadbir Samarqand tumanidagi “Imomi A'zam jome masjidida bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Bobur Karimov, shahar va tuman imom-xatiblari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

 

Payariq tumanida xayr va barakaga to‘la ta'sirli sayyor yig‘ilish

Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasi doirasida, ma'naviyat, mehr-shafqat va xayr-saxovat ruhi baland, yodda qolarli sayyor yig‘ilish Payariq tumanida o‘tkazildi.

Tadbir avvalida viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov ishchi guruh a'zolari bilan yig‘ilib, sayyor uchrashuvlarni samarali va mazmunli o‘tkazish bo‘yicha muhim ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. U kishi har bir masjid imom-xatibi va mas'ul shaxsga aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, muammolarini eshitish va imkoniyatdan kelib chiqib joyida hal etish vazifasini alohida ta'kidladi.

 

Narpay tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 

Bugun, 2025 yil 8 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

 

Ishtixon tumanida sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi  

Bugun, 2025 yil 25 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Ishtixon tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

Mazkur tadbirlardan so‘ng, Xayrullo domla Ishtixon  tumani bosh imom-xatibi Toshmuhammad domla Abilov hamrohligida tuman markazidagi “Polvon ota” jome masjidi hududidagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, moddiy ko‘maklar ko‘rsatdi hamda haqlariga xayrli duolar qildi.

 

Samarqand viloyati uchun "Haj-2025" mavsumi boshlandi

KUZATISH JARYOYONIDAN LAVHALAR

 Ayni paytlarda “Haj – 2025” mavsumida Samarqand viloyatidan ilk ziyoratchilar Samarqanddan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar.

Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik hissini ko‘rishimiz mumkin.
Barcha muborak safar taraddudida, muqaddas zaminga oshiqmoqda.

 

Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi

Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumanidagi “O‘rta” masjidga bordi. Domla juma namozidan oldin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy ma'ruza qildi.

 

Jomboy  tumanida sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2025 yil 13 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Jomboy  tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

 

Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi

Bugun 28 aprel kuni Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Obi Rahmat” jome masjidida namunaviy sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, O‘zMI mas'ullari, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov, viloyat vakilligi xodimlari, tuman va shahar bosh imom-xatiblari va otinoyilari, shuningdek, «Haj – 2024» ziyoratchilari, mahallalar raislari ishtirok etdi.

 

Pastdarg‘om tumanida sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2025 yil 25 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tumanida o‘tkazildi. Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, o‘zining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

 

Bugun, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov "Xo‘ja Abdu Darun" masjidida jamoat bilan uchrashib, "Boqimandalik va mehnat fazilati" mavzusida ma'ruza qildilar.

Bugun, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov "Xo‘ja Abdu Darun" masjidida jamoat bilan uchrashib, "Boqimandalik va mehnat fazilati" mavzusida ma'ruza qildilar.

 

Viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Pastdarg‘om tumanida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, saxovat ulashdi

Bugun, muborak Ramazon oyi munosabati bilan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Pastdarg‘om tumanida bo‘lib, insonparvarlik va mehr-muruvvat ramzi bo‘lgan xayrli tashrifni amalga oshirdi.

 

Viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Samarqand shahridagi "Xo‘ja Is'hoqi Valiy" masjidiga tashrif buyurdilar.

Bugun, muborak Ramazon oyining fayzli kechalaridan birida, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Samarqand shahridagi "Xo‘ja Isoqi Valiy" masjidida taroveh namozini ado etdilar.

 

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Ishtixon tumanidagi "Eshon Temirxon to‘ra" jome masjidida jamoatga ma'ruza qildilar

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi A.Alimov Ramazon oyining ulug‘ fazilatlaridan foydalanish maqsadida Ishtixon tumani "Eshon Temirxon to‘ra" jome masjidiga tashrif buyurib, taroveh namozidan oldin jamoatga "Dinimizda o‘zaro yordamning fazilati" mavzusida ma'ruza qildi. Shuningdek, insonlar orasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bir-biriga yordam berishning ulug‘ savoblari haqida so‘z yuritdilar.

 

Uchta viloyatga bosh imom-xatiblar tayinlandi

28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Surxondaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida videomuloqot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing