O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandlik imom-xatiblar obunada faollik ko‘rsatgani uchun “Shamsuddunxon Boboxonov” nashriyoti tomonidan taqdirlandi.

 
 

2021 yil 5 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati Urgut tumanidagi shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida navbatdagi sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Shamsuddunxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bo‘lim mudiri Tolibjon Nizomov ishtirok etib, so‘zga chiqdi hamda bugungi kunda xalqimiz ma'naviyatini oshirishda “Hidoyat” jurnali, “Islom nuri” gazetasi va “Mo‘minalar” jurnalining tutgan o‘rni, ushbu uch nashr sifat jihatidan tobora ziyoda bo‘lib borayotgani haqida to‘xtaldi.

Nashrlardan yanada ko‘proq kishilar manfaat topishini ta'minlashda imom xatiblarning salmoqli hissasi borligi, shuni teran anglagan holda joylarda aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish, ma'rifat nuri kirayotgan oilalar sonini oshirish ishlarida yanada faolroq bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilishda qatnashgan joriy 2021 yil obunasini tashkil etishda faollik va namuna ko‘rsatgan 13 nafar masjid imom xatiblari “Shamsuddunxon Boboxonov” nashriyotining maxsus tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 06/10/2021 10:55;   Ko‘rilganligi: 492
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-imom-xatiblar-obunada-faollik-korsatgani-uchun-shamsuddunxon-boboxonov-nashriyoti-tomonidan-taqdirlandi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 15:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing