O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda mavlid tadbiri o‘tkazildi

 
 

Rasululloh (sallollohu alayhi va sallam)ning muborak hayotlari, sunnatlari va yuksak odoblaridan namuna olish, Ul zotga munosib ummat bo‘lish istagida 18 oktyabr kuni Samarqand shahar “Namozgoh” jome masjidida QALBIMIZ VA HYOYOTIMIZ SIZ ILA Yo RASULALLOH shiori ostida mavlid tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qur'on tilovati va salavot bilan boshlandi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning xulqlari, siyratlari imom-xatiblar tomonidan yoritib borildi. Olamlarga rahmat Payg‘ambarimizning xulqlari, go‘zal sunnatlariga ergashgan insonlarning hayotlarini tarixiy voqealar asosida ijro qilib berishdi.

Tadbirda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov, violyatimizda faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar, va keng jamoatchilik ishtirok etidiar.

Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov so‘z olib, yig‘ilganlarga Payg‘ambarimiz alayhissalomning nasl-nasablari, tug‘ilishlari, hayotining dastlabki yillari va mana shu davrda u zot bilan sodir bo‘lgan mo‘jizalar haqida gapirib berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari, amalga oshirgan ishlari haqida keyingi uchrashuvlarda yana suhbatlar bo‘lishi ta'kidlandi.

Tadbirda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlidlariga munosib sovg‘a bo‘lsa, degan umidda “Siz Payambarni ko‘rganmisiz kitobining Makka va Madina davrlari” mehmonlarga tarqatilish ham rejalashtirilgan edi. Yoqubjon domla Mansurov ushbu kitob bilan qisqacha tanishtirib, uning el yurtga, hamma hammaga xayru baraka bo‘lishini ta'kidladilar.

Tadbir Qur'on tilovati bilan yakunlangach, barcha mehmonlarga “Siz Payambarni ko‘rganmisiz kitobining Makka va Madina davrlari” kitoblari hadiya qilindi. Tadbir so‘ngida yana tilovat va xayrli duolar qilindi. Shu bilan Rasulimiz sollallohu alayhi vasallamning mavlidlariga bag‘ishlangan tadbir o‘z nihoyaiga yetdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/10/2021 20:50;   Ko‘rilganligi: 494
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-mavlid-tadbiri-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 12:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing