Muftiy hazrat: Imomning asosiy fazilati – Allohga taqvo qilishdir!
8 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari raisliklarida joylardagi bosh imomlar oldidagi muhim masalalarga bag‘ishlangan onlayn muloqot o‘tkazildi.
Muftiy hazratlari o‘z so‘zlarida barcha imom-domlalarni mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini to‘la ta'minlash, islom ummati birligini mustahkamlash va o‘lkamiz farovonligi yo‘lida yelkami-elka mehnat qilishga da'vat etdilar. Din peshvolari avvalo xalqimiz tomonidan berilgan ishonchni oqlash darkorligi, buning uchun esa tinimsiz mehnat qilish, izlanishlar olib borish va kasb-mahoratni muttasil oshirish zarurligiga e'tibor qildilar.
Chekka hududlarda juma namozi ado etildi.
Bugun Pastdarg‘om tumani bosh imom-xatibi Ozod domla Nazarov va Samarqand shahri "Shohi Zinda" jome masjidi imom-xatibi Samariddin domla Mirzayevar Urgut tumanidagi "Qozi Boymuhammad" va "Uzun" jome masjidlariga hamda Samarqand shahar "Xo‘ja Yusuf" masjidi imom-xatibi Nodirxon domla Mallayev Jomboy tumanidagi "Ushun tepa" masjidiga tashrif buyurib Juma namozini jamoat bilan birga ado etdilar.
"Yil imomi" tanlovining g‘olibi qanday aniqlanadi?
Respublikamizda imom-xatiblar faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi globallashuv davrida Vatan ravnaqi yo‘lida xizmatlari hamda yoshlarimizning turli yot buzg‘unchi toifalarning ta'siridan himoyalanishida targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida har yili “Yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovni o‘tkazishdan qanday maqsad ko‘zlangan? – tanlovning maqsadi bugungi taraqqiyot talablariga javob beradigan, kuchli ilmiy salohiyatga ega, yuqori kasbiy mahorat sohibi bo‘lgan, ilg‘or fikrli, tadbirkor, ishbilarmon, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalana oladigan, diniy-ma'rifiy soha targ‘ibotchisi bo‘lgan faol imomlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
#Onlayn: «Yil imomi – 2021» boshlandi
Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yil imomi – 2021” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi boshlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-xatiblar respublika bosqichida bellashadilar.
Ko‘rik tanlov jarayoni va yakunlari haqidagi xabarlarni saytimiz va ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Xabar berganimizdek, bugun O‘MI Samarqand viloyat vakilligi tomonidan viloyatdagi eng iqtidorli imom-xatiblarining sayyor uchrashuv va suhbatlari viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Bulung‘ur tumani "Amir Hamza" masjidida boshlandi.
Xabar berganimizdek, bugun O‘MI Samarqand viloyat vakilligi tomonidan viloyatdagi eng iqtidorli imom-xatiblarining sayyor uchrashuv va suhbatlari viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Bulung‘ur tumani "Amir Hamza" masjidida boshlandi.
E'LON
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi tomonidan noyabr-dekabr oylarida viloyatdagi eng iqtidorli imom-xatiblarining sayyor uchrashuv va suhbatlari tashkil etilmoqda.
Dastlabki sayyor uchrashuv va suhbat 4-noyabr kuni Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilamiz. Sayyor uchrashuv va suhbatlar soat 13:30da Bulunur tumani markaziy "Amir Hamza" jome masjidida va Jomboy tumani markaziy "Islomobod" jome masjidida bo‘lib o‘tadi.
O‘zingizga kerakli va qiziqarli bo‘lgan savollar va hayotda uchraydigan diniy masalalar bilan sayyor uchrashuv va suhbatlarda ishtirok etib murojaat qilishingiz mumkin.
Muftiy hazratlari Toshkent viloyatiga tashrif buyurdilar
So‘nggi yillarda mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va bu xayrli ishlarning natijalarini har qadamda uchratishimiz, kuzatishimiz mumkin.
Ana shunday islohotlar bilan yaqindan tanishish, imom-xatiblar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashish maqsadida bugun, 2021 yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent viloyatiga tashrif buyurdilar.
Oqim tarafdori deyilgan imom noibi aslida boshqa kasb egasi bo‘lgan
31 oktyabr kuni rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda “Jihodchilar” tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi” sarlavhali xabar e'lon qilindi. Unda yozilishicha, Qashqadaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Aniqlanishicha, ular “Jihodchilar” oqimi g‘oyalari yo‘g‘rilgan audio-video ko‘rinishdagi materiallarni tinglab, tomosha qilishgan hamda hijrat va jihod qilishga xayrixohlik bildirishgan.
Muftiy hazratlari: Ta'lim biz uchun najot va saodatdir
Bugun, 28 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari diniy ta'lim muassasalariga bo‘lgan ilk tashriflarini Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutidan boshladilar.
Tashrif dastlab institut tarixiga oid ma'lumotlar bilan tanishishdan boshlandi. Unda institut tashkil etilishi, ta'lim dargohining maqsad-vazifalari, sobiq muftiylar tarixi va rektorlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. So‘ngra institut binosida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi va hattotlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Sevimli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan Robi'ul avval oy munosabati bilan institutda Siyrat oyligi o‘tkazilayotgani haqidagi xushxabar ko‘ngillarni shod etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Haj” va “Umra” haqidagi xabarga munosabat
Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Umra ziyoratini amalga oshirmoqchi bo‘lgan musulmonlar 14 kun kutishiga doir talab bekor qilindi, degan mazmundagi xabar tarqatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatimizning Jidda shahrida joylashgan Bosh konsulxonasidagi “Haj” va “Umra” masalalari bo‘yicha Attashesi bilan doimiy muloqot qilib, muborak safarlar bilan bog‘liq har bir jarayonni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
AQSHda mavlid marosimlari o‘tkazilmoqda
Xyuston shtatidagi (AQSH) masjidlar va islomiy maktablarda 24 oktyabr kuni mavlid marosimlari nishonlandi. Xususan, «Masjid al-Rasul» masjidida mavlid tadbiri o‘tkazilib, unda shayx Mansur Ali Rizviy ma'ruza qildi. Islom olimi o‘z ma'ruzasida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlariga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavallud kunlari munosabati bilan bolalar uchun ham tadbir uyushtirildi. Rizviyning aytishicha, bir yillik karantin cheklovlaridan so‘ng ochilgan masjidlar asta-sekin avvalgi faoliyatiga qaytmoqda.
Bundan tashqari Xyustondagi boshqa Islom muassasalarida ham Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tavallud kunlari nishonlandi.
PREZIDENTLIK SAYLOVIDAGI G‘ALABANI ALLOH MUBORAK QILSIN!
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom 
salavotu salomlar bo‘lsin.
Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoev janoblari!
Men ovoz beraman loyiq insonga
Bugun, 24 oktyaabr kuni ertalab soat 08:00dan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida saylov uchastkalarida partyalar tomonidan prezidentlikga ko‘rsatilgan nomzodlar uchun ovoz berish boshlandi.
Saylov uchastkalari va saylov okruglarida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi, komissiya a'zolari, deputatlikka nomzodlarning kuzatuvchilari, xolislar guvohligida saylov qutilari muhri ochildi. Ushbu tadbir boshlanishida imom-xatiblar, nuroniy otaxonlar el-yurt tinchligi, farovonligi, manfaati yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, imkonimiz doirasidagi yaxshi ishlarni amalga oshirib, ikki dunyo yaxshiligiga erishishimizni nasib aylashini Yaratgandan so‘rab duolar qildilar.
		
																				
				
				
				
				
		
				
				
				
				
				
				
				
				
				
				
				


















