Viloyat hududida yashovchi fuqarolarning Islom dini qonun qoidalariga amal qilish borasida ibodat va marosimlarni birgalikda emin-erkinlik bilan ado etishga imkon yaratish viloyat vakilining birlamchi vazifalaridan biridir.
Viloyat vakili masjid jamoasi, barcha musulmonlar, boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaydiganlar hamda barcha millatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillariga amal qilinishi uchun jonbozlik ko‘rsatadi.
Viloyat vakilining vazifalari quyidagilardan iborat:
Islom diniga e'tiqod qiluvchi aholining diniy ehtiyojlari bo‘lmish (namoz, nikoh, janoza) va boshqa ibodatlarni imom tomonidan mukammal ado etilishini kuzatib borish;
Fuqarolarga, xususan yoshlarga Qur'on ta'limoti, Sunnati Nabaviya ahkomlarini Imom A'zam mazhabi ko‘rsatmalariga mos ravishda tushuntirilishi, aholini vatanparvarlik, axloqan pok, imon-e'tiqodli bo‘lib, milliy-ma'naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi va yoshlarni turli buzg‘unchi oqimlar tomoniga va mo‘min- musulmonlarning boshqa dinga o‘tib ketishlarini oldini olish borasida maqolalar bilan qatnashish va OAV orqali chiqishlar qilish;
Muhtoj kishilarga ma'naviy hamda moddiy yordam ko‘rsatish uchun mehr-muruvvat ko‘rsatishni yuqori suratda amalga oshirish.
Tuman bosh imomlari vositasida haftalik juma ma'ruzalari tezisini barcha masjidlarga o‘z vaqtida yetib borishini yo‘lga qo‘yadi va nazorat qiladi.
Viloyat imom-xatiblarini har chorakda bir marta umumiy yig‘ilishi va tuman bosh imomlarining har oyda bir marta yig‘ilishini tashkillashtirib, kun tartibi ishlab chiqadi va uni O‘MIga taqdim qiladi. Shuningdek, o‘tgan majlis hisobotlarini bir xafta muddat ichida O‘MIga jo‘natadi. Ikki hayit va 15%lik tushumlarini belgilangan muddatda O‘MI hisob raqamiga o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Kiritilgan vaqti: 15/07/2019 18:07; Ko‘rilganligi: 4409
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 03:52