Xabarlar

Bugungi kunda yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanaylik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida “Barchamizga ayonki, tashqi va ichki siyosat sohalarida oldimizda turgan muhim va ulkan vazifalarni hech kim chetdan kelib hal qilib bermaydi. Faqat o‘zimizning kuch va imkoniyatlarimizga ishonishimiz, o‘z salohiyatimizga tayanishimiz zarur”, deganlar.

 

MUKOFOT MUBORAK!

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida bugun, Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi" bayrami munosabati bilan esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi jamoasi, viloyatimiz masjidlarida faoliyat yuritayotgan barcha imom-xatiblar va otinoyilar Zayniddin domla Eshonqulovni mukofot bilan tabriklaymiz!
Barcha xayrli va ezgu ishlaringizda Alloh taolo madadkor bo‘lsin!

 

Samarqand shahrida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning  7 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Samarqand shahridagi mavjud 23 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Samarqand shahridagi  “Namozgoh” masjidida bo‘lib o‘tdi.

 

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "KALOM ILMI MAKTABIGA" tashrif buyurdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "KALOM ILMI MAKTABIGA" tashrif buyurdi. Viloyat bosh imom-xatibi  "KALOM ILMI MAKTABI" faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zining kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

 

Bugun yurtimizdagi ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi

Samarqand viloyatida joylashgan “Xadis ilmi maktabining”bida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
Samarqand viloyatida joylashgan “Xadis ilmi maktabining”bida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov va viloyat bosh imom-xatibi Zaynidddin domla Eshonqulovlar ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.
Mehmonlar o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanilib, fanlarni puxta o‘zlashtirishga, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib yetishishga da'vat etdi.
Viloyatmizdagi barcha shahar va tumanlarda faoliyatolib borayotgan imom-xatiblarimiz ham maktablarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, “Mustaqillik darsi”ni o‘tmoqda.

 

Mukofotlar muborak!

2021 yil 30 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi binosida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan 40 nafar imom-xatiblar, imom-noiblar, mudarrislar va faol otinoyilar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni va 20 nafar sohaning faollari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabaringiz bor, 2021 yil 23 avgust kuni Davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edilar.

 

Urgut ahlining himmati

Har yili Mustaqilligimizning munosabati bilan mo‘min-musulmonlar mehribonlik, saxovat ishlariga yanada kirishib ketadilar. Binobarin, bu hayotda insondan faqat yaxshilik qoladi. Yaxshilikning mukofoti esa faqat yaxshilik – jannatdir.

Islom hidoyatida tarbiya ko‘rgan va uning sof va pok buloqlaridan bahra olib ulg‘aygan kishi o‘zi yashab turgan jamiyatdagi barcha insonlarga naf keltirishga, ulardan zararni daf qilishga intiladi. Chunki insonlarga yaxshilik qilish ikki dunyo saodatiga sabab bo‘ladi.

 

Toshkendan shahridan tashrif buyurgan imom-xatib domlalar Chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarda juma namozini ado etdilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tajribali imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 27 avgust Juma kuni Toshken shahridan tashrif buyurgan “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorov Urgut tumanidagi “Boybul” jome masjidiga, masjidiga va viloyatimiza faolyat olib borayotgan Oqdaryo tumani bosh imom-xatibi Habibullo domla Oblaqulov Urgut tumani “Ahmad Ochil” jome masjidiga, Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansur domla Abduxoliqov Urgut tumani “Yoqub Oxun” jome masjidiga va Tayloq tumani bosh imom-xatibi Bekmurod domla Ismoilov Urgut tumanidagi “Saroy” jome masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.

 

Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamyurtlarimiz va Tojikiston, Chechinoston va Qirg‘izistondan kelib RFda ishlab va o‘qib yurgan namozxonlarga ma'ruza qildi.

RFda xizmat safarida bo‘lib turgan delegatsiya a'zolari kunning birinchi qismida Kaleningrad shahridagi Yoshlar markazida vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. Ushbu viloyat markazida joylashgan jome masjidida delegatsiyamiz a'zolari juma namozini ado etdilar. Juia mav'izasida Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ham shu joyda to‘plangan hamyurtlarimiz va Tojikiston, Chechinoston va Qirg‘izistondan kelib ishlab va o‘qib yurgan namozxonlarga ma'ruza qildi.
Juma namozidan so‘ng viloyat mutasaddilari hamda masjid imomlari bilan ham alohida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

RFning Sankt-Piterburg shahridan boshlangan uchrashuvlar davom etmoqda

Mutasaddilar, ziyoliy va diniy ulamolardan iborat targ‘ibot guruhi Rossiya mamlakatida bo‘lib, u joyda uzoq muddatli mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan hamda o‘qiyotgan fuqarolarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

 

Xorijdagi vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Keyingi yillarda xorijdagi vatandoshlarimizning huquqlarini himoya qilish, sharoitlarini yaxshilashga e'tibor kuchaydi. Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migratsiyasi borasida xalqaro shartnomalar imzolandi. Chet ellarda ishlayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shu bilan birga, tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Yo.Mansurov viloyatimizning Urgut tumanida bo‘lib, tumandagi “Nasrulloh Hoji” jome' masjidini borib ko‘rdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Yo.Mansurov viloyatimizning Urgut tumanida bo‘lib, tumandagi “Nasrulloh Hoji” jome' masjidini borib ko‘rdi. Mehmon masjid faoliyati bilan yaqindan tanishib, jamoat oldida “Sof islom e'tiqodi musulmon qalbida yaxshi ishlarni amalga oshirishlikni paydo qiladi” to‘g‘risida ma'ruza qildi. Peshin namozini jamoat bilan ado etgach, tumandagi uyushmagan yoshlar bilan “Ijtimoiy odob me'yorlari” mavzusida suhbatlashdi. 

 

Tayloq tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 Joriy yilning 24 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Tayloq tumanidagi mavjud 20 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Tayloq tuman “Tayloq ota” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.

 

“MUFTIY HAZRATNING VASIYATLARINI ADO ETDIM...”

Hazratimiz Usmonxon Alimov rahimahulloh muftiylik lavozimida boshqalardan ko‘ra eng uzoq muddat faoliyat yuritdilar, desak, xato bo‘lmaydi. U kishi 15 yil davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasida din yo‘lida xizmat qildilar.
Biz ko‘p safarlarda birga bo‘ldik. Hazrat kim bilan qanday muomala qilishni bilardilar, zamonaviy til bilan aytganda, aqlli diplomat edilar. Dunyo sahnalaridagi nutqlari ham g‘oyat tushunarli, chiroyli edi. Bir so‘z bilan aytganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning munosib avlodlari edilar. U kishining xatti-harakatlarida go‘zal payg‘ambarona xulqni ko‘rardingiz.

 

HIJRAT VA UNGA TEGISHLI HUKMLAR HAQIDA FATVO

Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimiz musulmonlarini mamlakatni tark etib qonli urushlar ketayotgan hududlardagi jangari guruhlarga qo‘shilishga da'vat qiluvchi hamda ushbu amalni go‘yoki “hijrat” ekanini da'vo qilayotgan chaqiriqlar kuzatilmoqda.

Soxta da'vatchilar islom dinidagi muqaddas tushunchalarni g‘arazli siyosiy maqsadlar yo‘lida soxtalashtirgan holda talqin qilib, tinch-totuv va ozod mamlakatda, barcha ibodatlarni hotirjamlik bilan ado qilib turgan musulmonlarni qurolli to‘qnashuvlar ketayotgan mamlakatlarga chaqirmoqdalar. Hijratga da'vat qilayotganlar: “Musulmonlarning barchasiga hijrat qilish farz bo‘ldi, hijrat qilmagan kofir bo‘ladi”, deyish darajasiga bormoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing