O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

BIR OYLIK MALAKA OSHIR TAASSUROTLARI

 
 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialida joriy yilning 7 sentyabrdan – 5 oktyabrgacha O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblari uchun "Islomshunoslik (islom tarixi va manbashunoslik, qur'onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi)” yo‘nalish bo‘yicha 144 soatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. Malaka oshirish kursida Samarqand viloyatidan 15 nafar, Buxoro viloyatidan 4 nafar, Jizzax viloyatidan 6 nafar va Sirdaryo viloyatidan 5 nafar, Navoiy viloyatidan 3 nafar jami 33 nafar imom-xatib va imom-noiblari o‘z malakalarini oshirdilar.

Malaka oshirish kursi tinglovchilariga qo‘yidagi modullardan mashg‘ulotlar olib borildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida jamiyat rivoji va diniy-ma'rifiy masalalar, Harakatlar strategiyasi va diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, Diniy-ma'rifiy faoliyatda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, Komil inson g‘oyasining ijtimoiy psixologik asoslari, O‘zbekistonda milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi, Nutq madaniyati (tashviqot ishlarini samarali tashkil etish usullari), Globallashuv va islom madaniyati, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining diniy-ma'rifiy merosi, Qiroat va tafsir ilmi, Hadisshunoslik, Zamonaviy fiqhiy fatvolar, Aqida ilmi, Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirish asoslari.

Malaka oshirish kursi dars mashg‘ulotlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Hadis ilmi maktabi, Mintaqaviy filialning salohiyatli va malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan muammoli ma'ruza, amaliy-trenning, davra suhbati, munozara, katta va kichik guruhlarda ishlash interfaol metodlardan foydalangan holda olib borildi.

Bundan tashqari Hadis ilmi maktabining Ustozi Shayx Muhammad Jamoluddin Hoshim bilan “Imomlik buyuk mas'ulyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Markaziy Osiyo mutafakkirlarining diniy-ma'rifiy merosi” o‘quv modulidan joylarda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Hadis ilmi maktabida “Zamonaviy fiqhiy fatvolar” moduli bo‘yicha ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Malaka oshirish kursi dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabining salohiyatli va malakali professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbatlari tashkil etilgani ham biz tinglovchilarda juda katta ta'surotlar qoldirib, yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan keng islohotlarni  guvohi bo‘ldik.

X.Temirov - Ishtixon tumani “Eshon Temirxon to‘ra” jome masjidi imom-noibi


Kiritilgan vaqti: 05/10/2021 18:16;   Ko‘rilganligi: 1199
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bir-oylik-malaka-oshir-taassurotlari
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing