O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Ubay ibn Ka'b” jome masjidi imom-xatibi Abdulhakim domla Matqulov juma namozini Samarqand shahrida joylashgan “Qo‘shboqqoli” jome masjidida ado etdi.

 
 

 Bugun, 8 oktyabr Juma kuni viloyatimizga “Ubay ibn Ka'b” jome masjidi imom-xatibi Abdulhakim domla Matqulov tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamrohligida juma namozini Samarqand shahrida joylashgan “Qo‘shboqqoli” jome massjidida jamoat bilan ado etdilar. Abdulhakim domla Matqulov so‘zga chiqib, biz ummat o‘laroq insoniyatning eng buyugi – suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari, sunnatlari, go‘zal shamoillari va yuksak axloqlarini qunt bilan o‘rganishimiz va yosh avlodlarga o‘rgatishimiz zimmamizdagi oliy burchimizdir mavzusida jamoatga hayotiy misollar asosida mazmunli ma'ruza qilib berdilar.

Ha! Farzandlarimiz qalbida Nabiy alayhissalomga nisbatan muhabbatni uyg‘otaylik.

Alloh taolo yurtimizni tinchligini bardavom aylab, Payg‘ambarimiz alayhissalomga bo‘lgan muhabbatlarimizni ziyoda qilsin! Qiyomatda Rasululloh alayhissalomning muborak shafoatlariga erishish hamda jannatda Rasuliga qo‘shni bo‘lish baxtini nasib etsin! Omin!

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 08/10/2021 16:58;   Ko‘rilganligi: 866
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ubay-ibn-kab-jome-masjidi-imom-xatibi-abdulhakim-domla-matqulov-juma-namozini-samarqand-shahrida-joylashgan-qoshboqqoli-jome-masjidida-ado-etdi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 12:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing