Xabarlar

Qur'on o‘qilganda telefon o‘ynamang!

Qur'on tilovat qilinganda Uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz (A'rof surasi, 204-oyat).

Qur'on tilovati chog‘ida boshqa narsalarga chalg‘imaslik talab etiladi.

Bir kishi bu haqda bunday hikoya qiladi:

 

Saudiya Arabistonining imomlarning kibermakondagi faoliyatini kuzatishdagi qat'iyati

“Masjid al-Harom” va “Masjid an-Nabaviy” ishlari boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu ikki muqaddas masjidning imom-xatiblari va mashhur voizlari nomidan faoliyat yurituvchi akkauntlarga qarshi qat'iy ekanini bildirdi.

 “IQNA” saytining “Al-Khaleej” ga tayanib xabar berishicha, “Masjid al-Harom” va “Masjid an-Nabaviy”ishlari boshqarmasi ushbu ikki muqaddas masjidning imomlari va mashhur notiqlari nomidan ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yurituvchi akkauntlarga qarshi kurashda qat'iy qaror qilganini ma'lum qildi.

 

MUFTIY HAZRATLARIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI

 Shu yil 8 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda masjidlar holatini yaxshilash, mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini ta'minlash va imom-domlalar faoliyatini rivojlantirishga doir masalalar ko‘rib chiqilib, bir qator topshiriqlar berildi.

 

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Ishtixon tumanida o‘tkazildi

Bugun, 2024 yil 23 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tashabbusi bilan navbatdagi sayyor yig‘ilish Ishtixon tumanida o‘tkazildi.

 

Balolarni ketkazuvchi, g‘am-tashvishlardan xalos etuvchi, dardlarga shifo bo‘luvchi zikr

  1. Laa havla va laa quvvata illa billah – jannat eshiklaridan biri.

ألا أدلك على باب من أبواب الجنة قال: وما هو؟ قال: لا حول ولا قوة إلا بالله

Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Seni jannat eshiklaridan bir eshikka dalolat qilayinmi?” dedilar. Men: “U nima?” deb so‘radim. Nabiy alayhissalom: “Laa havla va laa quvvata illa billah”, dedilar" (Imom Tabaroniy rivoyati).

 

“Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi” vakillari yig‘ilishida qanday masalalar ko‘tarildi?

  “Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budaviy “Dunyo” axborot agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida ushbu rivojlanish yo‘nalishi ikki mintaqa uchun muhimligini ta'kidladi:

 

Uzoq Sharq muftiysi minnatdorchilik maktubi yo‘lladi

Uzoq Sharq musulmonlari diniy idorasi raisi, Uzoq Sharq muftiysi Ahmad hazrat G‘arifullin O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlariga minnatdorchilik maktubi yo‘lladi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatiga Saxalin orolida Ramazon oyi tadbirida xizmat ko‘rsatishni tashkil etishdagi ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirilgan.

 

Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Xamad al-Busaidi boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi

Kuni kecha Samarqandda mehmon bo‘lib turgan Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Xamad al-Busaidi boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilishib, Qur'on tilovat qilindi.

 

Payariqda yangi bog‘ barpo etildi!

Bugun, 3 aprel – Muborak Ramazon oyining 24 – kunida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshlichiligida Payariq tumanidagi 12 ta masjid imom-xatiblari va faollari bilan birgalikda tumandagi “Mulla To‘raxon” jome masjidi hududidagi 1 gektar yer maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “RAMAZON BO‘STONI” bog‘i barpo etildi.

 

KO‘CHAT EKISH SAVOBI KIYOMATGACHADIR

Bugun, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Pastdarg‘om tumani bosh imom-xatibi O.Nazarov hamrohligida tumandagi “Imom ota” jome masjidiga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida mazkur jomeda jamoat bilan Peshin namozini ado qildi. Namozdan so‘ng, ushbu masjid hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir tashkil qilindi.

 

Mehr saxovat davom etmoqda

Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi bilan hamda Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov bilan birgalikda Samarqand shahrida joylashgan “Samarqand viloyat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi”da xayrli tadbir tashkil qilindi. Mazkur maskandagi 145 nafar ko‘ngli o‘ksik nuroniy otaxon va onaxonlarga homiylar jalb qilingan holda ehsonlar ulashildi.

 

Ehtiyojmand oilalar ko‘nliga xursandchiliklar ulashildi

Bugun, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan bir qancha imom-xatiblar tomonidan aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ehson tariqasida tarqatdilar.

 

Fuqarolar murojaati tinglanmoqda!

Bugun, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan vakillikka turli savollar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning savollariga atroflicha javoblar berib o‘tdi.

 

Ramazon oyi fayzu barakali bo‘lsin!

Bismillahir rohmanir rohim. Xayru saxovat, mehr-oqibat, silai rahm mavsumi bo‘lmish Ramazon oyini ato qilgan Alloh taologa hamdu sanolarimiz bo‘lsin! Ramazonni chinakam yaxshilik oyi sifatida o‘tkazishda ummatga namuna bo‘lgan suyukli payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlarimiz bo‘lsin!

Butun islom ummatini, xususan, aziz xalqimizni muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Alloh taolo bu fazilatli ayyomni butun dunyo uchun tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot va ikki dunyo saodatiga eltuvchi oy qilsin!

 

Yaxshilikning mukofoti

Xayr-sahovat, mehr-oqibat, siylai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo sohibiga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi.

Xayr-ehsonning yaxshisi bu qiyinchilik va muhtojlik vaqtda qilinganidir.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing