Idorada ishlagan ibratli insonlar: OTAQUL MAVLONQULOV
1956-1964 yillari Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida ta'lim olgach, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining Tojikiston vakilligida mas'ul kotib vazifasida ish boshladi. 1969-1974 yillari Liviya universitetlaridan birida o‘qidi. So‘ngra besh yil “Sovet sharqi musulmonlari” jurnalida mas'ul kotib, 1979-1991 yillari diniy idora xalqaro bo‘lim mudiri, 1993-1994 yillari “Islom nuri” gazetasi bosh muharriri, 1994 yildan to umrining oxirigacha O‘zbekiston musulonlari idorasi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri va ish boshqaruvchi lavozimlarida ishladi. Ko‘plab maqola va tarjimalari matbuotda chop etilgan. 2000 yil vafot etgan.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 25-26-betlar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Idorada ishlagan ibratli insonlar NODIRXON ALOUDDINOV
1899 yili Toshkentda tug‘ilgan. Otasi Alouddin domla “Baroqxon” madrasasi mudarrisi edi. Chuqur diniy bilim olgan, 1920-1929 yillari jadid maktablarida muallimlik qilgan. 1929-1947 yillari vagon ta'mirlash zavodida o‘t yoquvchi va usta bo‘lib ishladi. 1947 yili diniy idora tashkil etilganida ilk muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon Nodimrxon domlani o‘ziga yordamchi qilib oladi. Nodirxon domla diniy idoraning ilk kutubxonachisi edi. Umrining oxirigacha (1975) kutubxonada ishlash bilan birga respublika Fanlar akademiyasi buyurtmalarini ham bajarib turdi. U kishi, ayniqsa, navoiyshunoslikka munosib hissa qo‘shga olim edi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 24-25-betlar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
O‘n mashhur qiroat
“Qiroat” so‘zi lug‘atda “o‘qimoq”[1] degan ma'noni anglatadi. Istilohiy ma'noda esa qiroat – Qur'on o‘qish ilmi imomlaridan birining Qur'on o‘qishda naql va rivoyatga asoslangan holda boshqa imomlardan o‘zgacha yo‘l tutishi, qiroat qilishidir. Boshqacha qilib aytganda, biror qiroat imomi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ma'lum harflarning tartibli ravishdagi jamlanmasi qiroat deb aytiladi[2].