Долзарб мавзу

Ramazonga ajoyib tuhfa!

Allohga behisob hamdu sanolar bo‘lsinki, mo‘min-musulmonlar oylarning sayyidi va eng fazilatlisi bo‘lmish Ramazonni nihoyatda ko‘tarinki ruhda, zavqu shavq bilan kutib olmoqdalar. Ramazon fazilatlarga boy oydir.

 

ISLOM DINIDA IRIM-SIRIMLAR YO‘QDIR!

Xalq orasida qadimdan kelayotgan yoki boshqa xalqlardan o‘tib qolgan turli irim-sirimlarning bor. Masalan, qorong‘uda yoki juma kuni tirnoq olib bo‘lmaydi, yo‘lingdan mushuk kesib o‘tsa orqaga qaytish kerak, supurgini tik qo‘yib bo‘lmaydi, ostona hatlab so‘rashib bo‘lmaydi, falon kunda falon ishni qilib bo‘lmaydi, 13 raqami – baxtsiz va hokazo. Bu irimlarda mutlaqo asos yo‘q.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dan rivoyat qilingan hadislarda “Folchilik, irim-sirimlar butparastlik bilan barobardir”, “Irim qiluvchi yoki irim qildiruvchi bizlardan emas”, deyilgan.

 

HAR BIR HAQ SOHIBIGA O‘Z HAQINI BERING!

Ayol kishining birinchi vazifasi uy ishlarini idora qilish, oilaga qarash, bolalarni boshqarish, eriga yaxshi muomalada bo‘lishdir. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Ayol kishi erining uyida boshliqdir. U o‘z qo‘l ostidagilarga mas'ul”, deganlar. U oilasini baxtli dargoh, xushnud go‘shaga aylantirishi lozim. Buning uchun o‘z zimmasidagi vazifalarni, yaxshi bilishi lozim bo‘ladi.

 

O‘z qo‘lingiz bilan o‘zingizni halokatga tashlamangiz!

Alloh taolo insonga bergan ne'matlarning ichida eng qimmatli va muhimlaridan biri – hayot, tiriklik ne'matidir. Ammo jamiyatimizda oz bo‘lsa-da uchrab turayotgan musibatlardan biri bu o‘z joniga qasd qilishdir.

Qur'oni karimning “Niso” surasida: «O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang! Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir» degan. Insonga hayot ne'matini Alloh bergan ekan, uning hayotini faqat O‘zigina olishga haqlidir. Hattoki, o‘sha yashash huquqi berilgan kishi o‘z hayotiga o‘zi ham suiqasd qila olmaydi. Dinimizda birovni o‘ldirish qanchalik og‘ir gunoh bo‘lsa, o‘zini o‘zi o‘ldirish ham shunchalik og‘ir jinoyatdir.

 

Mulla Ali Qorining hayoti va ijodi

Mulla Ali Qorining hayoti va ijodi

Allomaning to‘liq ismi Nuriddin Abul Hasan Ali ibn Sulton ibn Muhammad  Qori Haraviy Makkiy Hanafiy bo‘lib, “Mulla Ali Qori” nomi bilan mashhur[1].

 

O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zingizni halokatga tashlamangiz!

Alloh taolo insonga bergan ne'matlarning ichida eng qimmatli va muhimlaridan biri – hayot, tiriklik ne'matidir. Alloh insonga hayot ne'matini, bu dunyoda yashash huquqini berar ekan, bu omonat - hayotni asrab, uni muhofaza etishga buyuradi. Jamiyatimizda oz bo‘lsada uchrab turayotgan musibatlardan biri bu o‘z joniga qasd qilishdir. Alloh taolo Niso surasida: «O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang! Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir» degan. Insonga hayot ne'matini Alloh bergan ekan, uning hayotini faqat O‘zigina olishga haqlidir. Hattoki, o‘sha yashash huquqi berilgan kishi o‘z hayotiga o‘zi ham suiqasd qila olmaydi. Dinimizda birovni o‘ldirish qanchalik og‘ir gunoh bo‘lsa, o‘zini o‘zi o‘ldirish ham shunchalik og‘ir jinoyatdir.

 

 BAHSLASHISH KELISHMOVCHILIKKA SABAB BO‘LADI

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib shunday deydilar: “Agar birovni sajda qilishga amr qiluvchi bo‘lsam, Alloh ularga (erlarga)  ular (xotinlar) ustidan bergan haqning sababidan ayollarni erlariga sajda qilishlarini amr qilgan bo‘lar edim”.

 

Ramazon oyiga qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz?

“Agar Alloh bu ummatni azoblashni xoxlaganida edi. Ularga Ramazon oyi va Ixlos surasini ato qilmas edi.”   (Xazrati Ali r.a)
 Tasavvur qiling xonadonimizga mexmon tashrif buyurmoqchi. Mexmon qancha uzoqdan kelsa shuncha qadrli bo‘ladi. U bizning sevimli kishimiz, qadirdonimiz, birga o‘qigan do‘stimiz yoxud bir qancha vaqtdan buyon xonadonimizga tashrif buyurishi intizorlik bilan kutilayotgan eng qadrli kishimiz.  Biz u mexmonning ko‘nglini olishni har chorasini izlaymiz.  .O‘zgacha bir xursandchilik, zavq,shavq, o‘zgacha bir ishtiyoq bilan, mexmonni  munosib kutib olishga tayorgarlik ko‘ramiz.

 

Muvaffaqiyatga erishish niyatingiz bo‘lsa

Ertalab uyg‘ondingizmi, kayfiyatingizga ahamiyat bering. Yaratganning shunday saodatga yetishtirganligiga, ya'ni tongda uyg‘otganiga shukur qilib, yaxshi rejalarni tuzib oling.

* * *

Ertalab albatta piyoda yuring, sport bilan shug‘ullaning. Tanangizning harakat qilib turishi – hayotning bardavomligini ta'minlaydi.

* * *

 

BID'ATNING IKKI KO‘RINISHI

Yaratganga shukronalar bo‘lsinki, jamiyat yildan-yilga taraqqiylashib, ilm-fanda yangidan yangi kashfiyotlar qilinmoqda. Insonlarga har tomonlama qulayliklar yaratilmoqda. Ajdodlarimizning boshqa tillarda, jumladan arab tilida yozilgan asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, yurtdoshlarimiz undan bahramand bo‘lmoqdalar. Yoshlarimiz o‘z salohiyatlarini dunyoga tanitib, aslida kim ekanligini namoyon qilishda davom etmoqda. Bularning barchasi quvonarli hol. Undan zavqlanmaslik mumkin emas.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing