O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Turkiyalik mehmonlar Samarqand viloyatidagi ziyorati davomida Samarqand Shahrida joylashgan “Abu Mansur Moturidiy” ziyoratgohiga tashrif buyurdi. Mehmonlarga viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamrohlik qilmoqda.

 
 

Turkiyalik mehmonlar Samarqand viloyatidagi ziyorati davomida Samarqand Shahrida joylashgan “Abu Mansur Moturidiy” ziyoratgohiga tashrif buyurdi. Mehmonlarga viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamrohlik qilmoqda.
Abu Mansur Moturidiy 870 yilda tug‘ilgan, Samarqandda 945 yilda vafot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza degan qabristonga dafn etilgan.
Ba'zi manbalarda uning Samarqanddagi “Iyoziy” madrasasida ta'lim olgani qayd etilgan. Moturidiy Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyoziy, Imom A'zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Fazl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan. Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan va munozaralar qilgan.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/10/2021 14:13;   Ko‘rilganligi: 522
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/turkiyalik-mehmonlar-samarqand-viloyatidagi-ziyorati-davomida-samarqand-shahrida-joylashgan-abu-mansur-moturidiy-ziyoratgohiga-tashrif-buyurdi-mehmonlarga-viloyat-bosh-imom-xatibi-zayniddin-domla-eshonqulov-hamrohlik-qilmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 18:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing