O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

245 ta masjid yangidan qurilmoqda, 44 ta jome esa qayta qurishga tayyorlanmoqda

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasida rais o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev, Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov va viloyat bosh imom-xatiblari ishtirokida Zoom dasturi orqali onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.

Masofaviy tadbirda viloyat qozilarining yangidan qurilayotgan masjidlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Unda ayni paytda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida 2094 ta masjid faoliyat yuritilayotgani, shundan 245 ta masjidni yangidan barpo etish ishlari jadal suratlarda olib borilayotgani, shuningdek, 44 ta masjidning qayta qurilishi uchun loyiha hujjatlari tayyorlanib, tez kunlarda qurilish ishlari boshlanishi kutilayotgani qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida masjid qurilishi bo‘yicha zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Alloh taolo masjidlarimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga ko‘makchi bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi


Kiritilgan vaqti: 06/10/2021 10:47;   Ko‘rilganligi: 956
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/245-ta-masjid-yangidan-qurilmoqda-44-ta-jome-esa-qayta-qurishga-tayyorlanmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 16:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing