O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Urgut tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Joriy yilning  5 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Urgut tumanidagi mavjud 62 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Urgut tumanidagi  “Urgut markaziy” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Samarqand shahridagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, va viloyat DIQning bosh mutaxassisi S.Boymurodov tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.

Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tamonidan aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 05/10/2021 21:09;   Ko‘rilganligi: 935
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/urgut-tumanida-sayyor-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing