SOXTA SALAFIYLAR KIM?
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) davridan 13 asr o‘tgach paydo bo‘lgan soxta salafiylar oqimi tarafdorlari, Islomning dastlabki uch asridan keyin yashagan musulmonlar Islomni noto‘g‘ri tushungan, degan fikrni ilgari surishadi. Vaholanki, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: «Odamlarning yaxshilari men bilan yashaganlar, so‘ng ulardan keyingilar, so‘ng ulardan keyingilar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi diniy-ma'rifiy markaz mavqeini tiklashga qaror qildi
«Asda O‘mon» gazetasi o‘z muxlislarini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli izchil islohotlar samaralari bilan tanishtirishda davom etmoqda, deb xabar beradi «Dunyo» AA muxbiri.
Ushbu gazeta saytida chop etilgan maqola mamlakatimizning diniy erkinlik sohasida erishayotgan yutuqlari xalqaro miqyosda e'tirof etilayotganiga bag‘ishlangan.
Imom-xatib o‘zi tahsil olgan maktabda...
Yurtning ertasi bo‘lmish yoshlarning ilm olish kasb va hunar egasi bo‘lishlari birinchi navbatda o‘zlarinig, qolaversa ota-onalarinig ham orzusi. Bu orzuga yetishish uchun talaba va o‘quvchilardan sabot va matonat talab qilinadi. Ilm olish yo‘lida chekilgan zahmat tufayli insondan sodir bo‘ladigan ba'zi juz'iy sahv va xatolar kechiriladi.
Botil aqidalardan ehtiyot bo‘ling!
Imom Moturidiy yashagan davr siyosiy jihatdan ancha barqaror bo‘lsa-da, biroq aqidaviy qarama-qarshiliklar, mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflar, fikriy xurujlar turli tomonlarda qalqib turgan edi.1
Mehrga kim ham to‘yadi?
Bugunning gapi
Odamning qorni bir kosa ovqatga to‘yishi mumkin. Juda ko‘p eshitganmiz “qornim rosa to‘yib ketdi”, degan so‘zlarni. Ayniqsa, bugungi ma'murchilik davrida, to‘qchilik zamonida bu oddiy holatga aylanib ulgurdi. Rabbimizga behisob shukrlar bo‘lsin. Lekin “mehrga to‘ydim” degan so‘zni hech qachon eshitmaganmiz. Mehrga kim ham to‘yadi?!
Munosabatlar qonuniy bo‘lsa, pand yemaysiz
O‘zA veb-saytida e'lon qilingan “Xorijga turmushga chiqayotgan qizlar...” sarlavhali maqolada (Shahnoza Mamaturopova. 21.10.2020y) qizlarimizning ayrimlari Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarga hoyu-havas ortidan ergashib, turmushga chiqib ketayotgani, xorijiy mamlakatlarda yashashga havasmandlikning ortida qanday sabablar borligi haqida so‘z yuritilgan, begona yurt fuqarolari bilan surishtirmay-netmay oila qurib ketayotgan qizlarga achchiq saboqlar hayotiy misollar yordamida tushuntirilgan.
Aks-sado
“Jo‘sh ota” jome masjidida Juma ibodati ado etildi
Bugun, 4 dekabr' kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov viloyatimizning olis Qo‘shrabot tumanidagi chekka hududda joylashgan, joriy yil boshida binosi to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilgan “Jo‘sh ota” jome masjidiga tashrif buyurdi. Mazkur masjid jamoasi va namozxonlar bilan muloqot qilindi.
Xayr-ehsonning yaxshisi bu qiyinchilik va muhtojlik vaqtda qilinganidir
Xayr-sahovat, mehr-oqibat, siylai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo sohibiga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi.
Xayr-ehsonning yaxshisi bu qiyinchilik va muhtojlik vaqtda qilinganidir.
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Indonezya sayyohlik kampaniyalarining vakillari bilan Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn konferensiyada qatnashdi
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov joriy yil 3 dekabr kuni Indonezya sayyohlarini O‘zbekistonga jalb qilish maqsadida Indonezya sayyohlik kampaniyalarining vakillari bilan Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn konferensiyada qatnashdi.
Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri – mo‘minlar qalbiga xursandchilik ulashish
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri – mo‘minlar qalbiga xursandchilik ulashish”, deb marhamat qilganlar.
Haqiqatan ham, bir insonga yaxshilik qilib, uning ko‘nglini ko‘tarish, ruhiy tasalli berish – dinimizda ajri ulug‘ amal hisoblanadi. Mana shunday hikmatni o‘ziga shior qilib olgan Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi domla Haqberdiyev savobli ishlar qilishda davom etmoqda.
Nishonga urilgan gaplar: Ey nafs! Seni tenging bir nafas...
Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
Abu Rayhon Beruniy
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun 1 dekabr kuni O‘MI Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bosh imom-xatiblarning joriy yilda amalga oshirgan ma'naviy, marifiy va boshqa jabhalarda bajargan ishlari sarxisob qilindi.
Alloh taoloni sevasiz-mi?
هل تحب الله ؟
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rakat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq", deganlar.
Demak, bomdod namozini o‘qib bo‘lib, Allohni zikr qilasiz. Allohni zikr qilishning eng afzali Qur'on tilovatidir.
Muftiy hazratlari surxondaryolik imom-xatiblar bilan uchrashdilar
25 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovning Surxondaryo viloyatiga xizmat safarlari davom etdi.
Muftiy hazratlarining Surxondaryo viloyatiga safarlari boshlandi
Bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonov Surxondaryo viloyatida diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, imom-xatiblar va aholi vakillari bilan uchrashish maqsadida ushbu viloyatga safarlari boshlandi.




















