O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bir savol so‘rasam: Bomdod namozining farzini jamoat bilan o‘qigan, sunnatini keyin o‘qiydi-mi?

 
 

— Masjidga bomdod namoziga borganimizda, biz namozning sunnatini o‘qiy boshlasak, jamoat farzini o‘qishni boshlab yuborishdi. Biz ham jamoatga qo‘shilib, farzga o‘tib ketdik. Birovlar farzdan keyin sunnatini o‘qisa bo‘ladi, deyishsa, ba'zilar bo‘lmaydi, deyishyapti. Birovlar esa sunnatini o‘qimay farziga o‘tib bo‘lmaydi, deydi. Qanday yo‘l tutishimiz kerak?

 Bomdodning sunnatini o‘qisa, farz jamoatiga yetisha olmaydigan bo‘lsa, sunnatni tark qiladi. Chunki farzning savobi sunnatning savobidan afzal. Agar farzdan bir rakatga yetish imkoni bo‘lsa, sunnat o‘qiladi. Chunki shu tariqa ham farzning, ham sunnatning fazli topiladi. Bomdodning ikki rakat sunnatiga ulgurmasa, ularni quyosh chiqishdan oldin ham, keyin ham qazo qilmaydi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon namozga kelsangiz biz sajda qilib turgan bo‘lsak, siz ham sajda qiling va uni hech narsa sanamang. Kim rakatni topsa, namozni topgan bo‘ladi”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Masjidga kirgan odam bomdodning sunnatini o‘qimagan bo‘lsa, bir chetda o‘qiydi. Safning orqasiga borib o‘qimaydi.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV


Kiritilgan vaqti: 21/12/2020 12:14;   Ko‘rilganligi: 7577
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bir-savol-sorasam-bomdod-namozining-farzini-jamoat-bilan-oqigan-sunnatini-keyin-oqiydi-mi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing