O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on shahridagi masjidlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

 
 

Bugun, 23 dekabr' kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on shahriga tashrif buyurdilar.

Tashrif ushbu shaharda joylashgan “Muhammad Naqibbek” jome masjidida namozxonlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi. Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, yaqinda mazkur masjid tahoratxonasining yangi, har tomonlama qulay binosi foydalanishga topshirilgan edi. Zayniddin domla Eshonqulov mazkur taxoratxonada namozxonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif mazkur shahar hududida joylashgan “Qoriravot” jome masjidida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini ko‘zdan kechirish bilan davom etdi. Hozirda mazkur masjid binosida pardozlash ishlari olib borilmoqda. Viloyat bosh imom-xatibi ushbu qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar hamda bunday xayrli ishlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan saxovatpesha insonlar haqqiga xayrli duolar qildilar.

Shundan so‘ng, Zayniddin domla Eshonqulov namozxonlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida masjid xonaqosiga yangi gilam yotqizilgan “Tegirmonboshi” jome masjidida Peshin namozini ado etdilar. Namoz so‘ngida mazkur masjidning shu darajaga yetib kelishi va namozxonlar uchun yengilliklar yaratish yo‘lida beminnat xizmat qilayotgan saxovatpesha insonlar haqqiga duoi xayrlar qildilar.

Tashrifning ikkinchi yarmi mazkur shahar bosh imom-xatibi faoliyat olib borayotgan “Qori Muhammadrasul” jome masjidini ko‘zdan kechirish bilan davom etdi. Aytish joizki, hozirda ushbu masjid taxoratxonasining yangi, zamonaviy binosida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu borada Zayniddin domla Eshonqulov o‘zining kerakli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdilar. Shuningdek, mazkur masjid hududida qonuniy faoliyat olib borayotgan kitob do‘konining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif so‘ngida Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom-xatibi Xayrullo domla Do‘stmurodovga shaharda joylashgan masjidlar faoliyatini yanada takomillashtirish, namozxonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘zining kerakli tavsiyalarini berdi hamda bu yo‘lda imom-xatiblarimizga, saxovatpesha insonlarga va barcha masjid xodimlariga Alloh taolodan kuch-quvvat so‘rab duolar qildilar.

Shuning bilan viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovning Kattaqo‘rg‘on shahriga bo‘lgan tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/12/2020 19:40;   Ko‘rilganligi: 929
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-bosh-imom-xatibi-zayniddin-domla-eshonqulov-kattaqorgon-shahridagi-masjidlarda-olib-borilayotgan-ishlar-bilan-tanishdi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 15:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing