O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Unutilayotgan sunnatlar (30-sunnat): Ko‘p istig‘for aytish

 
 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta, men Allohga bir kunda yuz marta istig‘for aytaman", dedilar (Imom Buxoriy rivoyati). Boshqa hadisda esa: "Yetmish martadan ko‘proq" (Imom Buxoriy rivoyati).

Alloh taolo istig‘forni gunohlarning zahrini kesuvchi malham qildi. Istig‘forning ma'nosi Alloh taolodan mag‘firat so‘rash. Alloh taolo haqiga tegishli har bir yomon gunoh tavba hamda istig‘for bilan afv bo‘ladi. Shu bois qachon bir katta yoki kichk gunoh sodir qilganda, tezlik bilan tavba yoki istig‘for bilan uni ketkazish lozim. Balki, yaxshi ishlarni xilofini qilganda ham istig‘for aytish kerak.

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga yetkazuvchi bo‘lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko‘pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham yetkazaylik.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo‘lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan yetkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so‘ngra yetkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad

Davron NURMUHAMMAD


Kiritilgan vaqti: 30/12/2020 08:58;   Ko‘rilganligi: 1847
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/unutilayotgan-sunnatlar-30-sunnat-kop-istigfor-aytish
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 19:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing