O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

DIQQAT! «YIL TANLOVI – 2020» Eng yaxshi masjid va imom-xatibga ovoz bering!

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning hududiy vakilliklari tomonidan 2020 yilda faol xizmat qilgan, o‘z yo‘nalishlarida namunali faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarni e'tirof etish, masjidlarni har jihatdan obod etishda faol xizmat qilayotgan xodimlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida Qorqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida internet foydalanuvchilari o‘rtasida ilk bor keng qamrovli so‘rov o‘tkazilmoqda. 

So‘rovnoma quyidagi ikki yo‘nalishdan iborat:

– Yilning ENG OBOD masjidi;

– Har taraflama faol va namunali faoliyat ko‘rsatgan YIL IMOMI.

Bu yili eng faolarni aynan siz aniqlaysiz. Saytimizning Telegram tarmog‘idagi kanali
(@muslimuzportal) va Diniy idoraning joylardagi vakilliklari kanallarida o‘tkazilayotgan so‘rovlarda ishtirok eting va munosib nomzodlarga ovoz bering.

So‘rovnoma botiga kirish uchun ushbu havolaga kiring:

@tanlov_muslimuz_bot

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi


Kiritilgan vaqti: 30/12/2020 14:30;   Ko‘rilganligi: 654
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/diqqat-yil-tanlovi-2020-eng-yaxshi-masjid-va-imom-xatibga-ovoz-bering
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing