O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyatidagi eng faol imom-xatib, imom-noib va soha vakillari taqdirlandi

 
 

Bugun, 17 dekabr kuni Samarqand viloyatidagi eng faol imom-xatib, imom-noib va soha vakillari taqdirlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovlar tadbirda yig‘ilgan Bugun, 17 dekabr kuni Samarqand viloyatidagi eng faol imom-xatib, imom-noib va soha vakillari taqdirlandi. ga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng fidokorona mehnatlari, chuqur bilimi, tajribasi, namunali xulqi, fidokorligi bilan Allohning baytiga, dinimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan imom-xatiblar va imom noiblaridan iborat o‘n uch nafar soha xodimlari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi hamda Qur'oni karim mus'hafi hadya qilindi. Alloh taoloning roziligi yo‘lida, dinimizning rivoji, Vatanimizning ravnaqi borasidagi barcha solih amallarining husni qabul bo‘lishini so‘rab, duolar qilindi. Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov imom-xatiblar bilan dildan suhbat o‘tkazmoqda. Keng jamoatchilikka islom ma'rifatini yetkazishini, imomlik mas'uliyatini yana bir bor his etishlarini, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishlarini aytib, o‘z vazifalariga fidoiy bo‘lishlariga to‘xtaldi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/12/2020 09:08;   Ko‘rilganligi: 801
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyatidagi-eng-faol-imom-xatib-imom-noib-va-soha-vakillari-taqdirlandi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 07:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing