Nishonga urilgan gaplar: Yuksalishni istasang – boshqalarni ko‘tar!
O‘qing va o‘rganing. Jiddiy kitoblarni o‘qing. Qolganini hayotning o‘zi tushuntirib beradi.
Dostoyevskiy
***
Haromni halolga, yolg‘onni rostga va noma'lumni ma'lumga aralashtirish, biz yurgan yo‘lga loyiq emas.
Abu Rayhon Beruniy
***
Yuksalishni istasang – boshqalarni ko‘tar!
O‘zgalarning qalblariga tiling bilan emas, diling bilan kir.
G‘aybulla as Salom
***
Boshingga ne balo kelsa, tilingdandir, tilingdan.
Jaloliddin Rumiy
***
Ko‘rdimki, eng noyob ne'mat rostgo‘ylik va qahramonlik, eng og‘ir og‘riq esa yomon va munofiq do‘stlar ekan.
Najmiddin Kubro
***
Har qanday ishni boshlashdan avval Allohning rizoligini o‘yla, aks holda qilgan ishlaringning hammasi behuda bo‘lib, zoye ketadi.
Ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek.
Mahmud az Zamaxshariy
***
Kimki o‘zin sanar juda quvvatli?
Axir hamma uchun hisob bor, hisob.
Allohning azobi, qattiq shiddatli:
“Va innalloha shadidul azab…”
“Hikmat yog‘dulari” kitobidan
***
Qalbing o‘zing uchun muhim, odamlar esa kimliginga qiziqishadi.
Sayyid Abror Umar
***
Ne'matlarning eng yaxshisi-harakat qilib erishilgani. Do‘stlarning eng yaxshisi – Alloh taoloni eslatgani.
Qalblarning eng nurlisi – ichida mol-dunyo sevgisi bo‘lmagani.
Ikki kishi chiqargan fitnani hatto shayton ham chiqara olmaydi: dunyo hirsiga berilgan olim va ilmsiz so‘fiy.
Abul Hasan Haraqoniy
***
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 15/12/2020 15:27; Ko‘rilganligi: 1180
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:01