Qo‘shnichilik aloqalari mustahkamlanmoqda
Dinimizda qo‘shnilarga yaxshi munosabatda bo‘lish, qo‘shnichilik haqlariga rioya qilish muhim ishlardan hisoblanadi. Zero, insonlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlanishida qo‘shnilarning o‘rni beqiyosdir. Hadisi sharifda: "Allohning nazdida qo‘shnilarning eng yaxshisi o‘z qo‘shnisiga yaxshi munosabatda bo‘lganidir” (Imom Termiziy rivoyati), deyilgan.
Islom-ilm manbai
Islom – ilmu ma’rifatga yetaklovchi muqaddas din. Alloh taolo Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilgan ilk oyatlarida bunday amr qiladi: “O‘qing ( ey Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz ismi bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi” (Alaq surasi 1-5 oyatlar).
Bo‘lajak hojilar hamkorligi yo‘lga qo‘yildi
Vazilar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 1031-sonli qaroriga asosan hajga borishga nomzodlar mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida alohida tartib bilan saralanmoqda.
Diniy soha xodimlari uchun ilmiy o‘quv seminar o‘tkazildi
2018 yil 5 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari raisligida “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va Islom dini ma’rifatini tarqatishda soha xodimlarining o‘rni” mavzusida video-konferensiya orqali ilmiy-o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi davomida viloyatni har tomonlama rivojlantirishga doir qator topshiriqlar berilgan bo‘lib, jumladan, imom-xatiblarning bilim saviyasini oshirish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish ham nazarda tutilgan edi.
Prezident tashrifidan so‘ng...
Samarqand shahridagi tadbirkorlarga ko‘maklashish markazida Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqida viloyat hokimligining “samarkand.uz” sayti xabar beradi.
SAMARQANDDA MARKAZIY OSIYO YOSHLARI FORUMI O‘TKAZILADI
Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo yoshlari forumi tadbirlari doirasida 2018 yil iyun oyida maktab o‘quvchilarining astronomiya va fizika fanlaridan buyuk mutafakkir, astronom Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadasi tashkil etiladi.
OQDARYODA AGROSANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI
Oqdaryo tumani Baraka massividagi unumdorligi past bo‘lgan 244 gektar yer maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlash va eksportga chiqarishga mo‘ljallangan “Agrosanoat zona”si tashkil etiladi.
Jom ota masjidi qaytadan qad rostlaydi
Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan "Obod qishloq" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar sabab bugun Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 30 ming aholiga ega bo‘lgan Jom qishlog‘i ulkan bunyodkorlik hamda obodonlashtirish maydoniga aylandi. Islohotlar shamoli yetib qishloq chetidagi qabriston ichida qolib ketgan “Jom ota” masjidini ham Qarshi-Samarqand trassasi yoniga ko‘chirish bo‘yicha amaliy ishga kirishildi.
Shavkat Mirziyoev Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida qatnashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu kunning o‘zida Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi.
Nursulton Nazarboyev Navro‘z kuni Samarqandga keldi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabriklash maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
SAMARQAND DUNYO NIGOHIDA
Sayohat uchun yo‘nalishlar soni tobora oshib bormoqda. Bir mamlakat o‘zining diqqatga sazovor maskanlari bilan mashhur bo‘lsa, boshqasi o‘zining taomlari va urf-odatlari bilan tanilgan. "Kun.uz" sayti "Stuff.co.nz"ga tayanib dunyoning eng sayohatbop 10 shahri haqida ma’lumot berdi. Shunisi quvonchliki, ularning orasida azim Samarqand shahri ham bor.
Xotirlar shod bo‘ldi
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
Jismoniy imkoniyati cheklanganlarga sovg‘a berildi
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
Samarqandlik imomlar Buxoroda
Ma’lumki, yurtimizda ichki va tashqi turizm, xususan ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.




















