Xabarlar

Xushxabar: Qur’on musobaqasining viloyat bosqichi boshlanish arafasida

Barchamiz guvoh bo‘lganimizdek, yurtimiz bo‘ylab bir oy davomida Qur’oni karim musobaqasining hududiy bosqichlari o‘ta ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tkazildi.

 

Samarqandliklar uchun Umra mavsumi boshlandi

2018 yil 10 fevral kuni “Umra-2018” bahor mavsumi doirasida samarqandlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlarini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Ko‘rikdan o‘tkazish davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, imom-xatib va imom noiblarining qiroatini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha boshlangan ishlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

 

Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot

3-5 fevral kunlari viloyatning Pastdarg‘om tumani imom xatiblari tashabbusi bilan tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi 124 ta maktabda “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot....” mavzusida o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

IMOMLAR QIROATI KO‘RIKDAN O‘TKAZILMOQDA

2018 yil 5 fevral kuni Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblarining qiroatini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

 

QUR’ONI KARIM MUSOBAQASI YAKUNI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev janoblari 2017 yil 1 sentyabrda “Hazrati Imom” majmuasida davlat, jamoat va diniy soha xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi birgalikda Respublikada ommaviy suratda va turli bosqichlarda Qur’on qiroati musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan edilar. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yurtimiz bo‘ylab joylarda musobaqaning dastlabki bosqichi (tuman) yuqori saviyada o‘tkazib kelinyapti.

 

G‘OLIBLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

2018 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakilligida 18-21 yanvar kunlari o‘tkazilgan Qur’oni karim musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Qorilar

Qur’on Alloh kalomi Payg‘ambardan me’rosdir

O‘qib amal qilmoqlik mo‘minlarga chin rostdir

 

Bir kunda 124 ta maktabda targ‘ibot ishlari olib borildi

11 yanvar kuni Pastdarg‘om tuman bosh imom xatibining tashabbusi bilan tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi imom xatiblar, imom noiblari navbati bilan 124 ta maktabda o‘quvchilar bilan dolzarb mavzularga oid uchrashuvlar o‘tkazdilar.

 

OLIS TUMANLARGA SAFAR

2018 yil 12 yanvar juma kuni O‘zbekicton musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov olis tuman – Nurobodga tashrif buyurdi.

 

Barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida

Jamiyatimiz hayotida yuz berayotgan yangilanishlar o‘z o‘rnida ta’lim-tarbiya sohasida ham keng ko‘lamli vazifalarni yuzaga chiqarmoqda. Ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uni zamon talablari, ruhiga mos barkamol shaxs qilib voyaga yetkazishga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda.

 

Qur’oni karim musobaqasi boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda

Ma’lumki hozirda yurtimiz bo‘ylab Qur’oni karim musobaqasiga qizg‘in tayyorgarliklar ketmoqda. Viloyatimizda ham musobaqani yuqori savida o‘tkazish uchun alohida ehtimom bilan yondashilgan.

 

Oliy Majlisga murojaat jamiyatga murojaat demakdir

2018 yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga taqdim etgan Murojaatnomasining mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

PREZIDENT MUROJAATNOMASIDAN ILHOMLANIB

Ma’lumki, muhtaram yurtboshimiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga taqdim etgan Murojaatnomasi yurtimizdagi barcha ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borildi. Davlatimiz rahbarining mamlakat tarixida birinchi marta parlamentga murojaanomasi bu nafaqat parlamentimizga, balki bevosita xalqimizga bo‘lgan tarixiy murojaatidir. Ushbu murojaatnoma butun O‘zbekiston xalqining qalbidan mustahkam joy oldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yil odami

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, an’anaga ko‘ra, yakunlanayotgan yil yakunlari bo‘yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Bu O‘zbekiston musulmonlari idorasining “muslim.uz” sayti O‘zA ga asoslanib xabar beradi.

So‘rovda mamlakatimizning barcha viloyat va hududlarida istiqomat qilayotgan turli ijtimoiy toifalar, etnik guruhlar, konfessiya va kasblarga mansub 18 dan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarimizning mutlaq aksariyati (90,5 foizi) uchun 2017 yil farovonlik yili, o‘zi va oilasi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yil sifatida esda qoladi. Yangi yilni O‘zbekiston aholisi yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Fuqarolarning 83 foizi o‘zlarini baxtli his qilmoqda, deyiladi so‘rov natijalarida.

Respondentlarning 80 foizidan ortig‘i kirib kelayotgan 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirgan

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yil odami sifatida e’tirof etilgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing