O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Namanganlik imom xatiblar Samarqandda tajriba almashishdi

 
 

Biroz muddat oldin, viloyatimiz imom xatiblarining Farg‘ona vodiysiga tajriba almashish uchun qilgan safarlari haqida ma’lumot berib o‘tgan edik. Aynan ushbu maqsadda Namangan viloyati imomlari Samarqandga tashrif buyurdilar.

6-7 may kunlari amalga oshirilgan tashrif davomida mehmonlar viloyat vakilligi va masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Ish tizimi, hujjat yuritish ishlarini ko‘zdan kechirdilar. Bu boradagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

O‘z navbatida viloyatimizda diniy sohada erishilgan yutuqlar, xususan FHDYO bo‘limlari bilan oilalarni mustahkamlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlik ishlari imom xatiblarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Hafta kunlari o‘ziga xos vasifalar taqsimoti asosida olib borilishini ham yuqori baholadilar.

Ta’kidlash lozimki, ushbu hamkorliklar faoliyatni takomillashtirish, islom dini rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/05/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1052
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/namanganlik-imom-xatiblar-samarqandda-tajriba-almashishdi
Chop etilgan vaqti: 29/09/2020 06:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing