Video-konferensiya o‘tkazildi
2018 yil 16 aprel kuni muhtaram Prezidentimizning “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilingan edi. Buni barchamiz katta xursandchilik bilan qabul qildik.
25 aprel kuni mazkur Farmon mazmun-mohiyatini diniy soha xodimlariga yetkazish, Farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari raisligida video-konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Viloyatimiz imom xatiblari mazkur konferensiyani Samarqand qishloq xo‘jalik institutining katta majlislar zalidan turib kuzatdilar.
Ushbu xayrli tadbir umummanfaatli bo‘lishini so‘rab qolamiz.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 25/04/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1778
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 19:18