Siz bizning faxrimizsiz, aziz bobojon!
Qo‘shrabot tumanida Xo‘janov Adirboy bobo, Uzoqov Tolliboy bobo degan otaxonlar umrguzaronlik qilmoqda. O‘tgan asrda ro‘y bergan va insoniyat tarixida o‘chmas qora dog‘ qoldirgan ikkinchi jahon urishining qonli maydonlarida g‘anim bilan jang qilgan ushbu nuroniylar bugun xalq e’zozida.
“Baliqchi ota” jome masjidi imom xatibi Yo.To‘xtashov va “Jo‘sh ota” jome masjidi imom xatibi N.Kubayev “Siz bizning faxrimizsiz, aziz bobojon!” shiori ostida yuqorida nomlari zikr etilgan otaxonlar holidan xabar oldilar. Sovg‘a-salomlar ila dillarini xushnud etdilar. Umrni qadrlash, tinchlikni avaylab-asrash to‘g‘risidagi nasihatlariga quloq tutib, duolarini oldilar.
Ushb xayrli tadbir viloyatning qolgan hududlarida ham o‘tkazildi.
Ta’kidlash lozimki, hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kichigimizga rahm qilmagan va kattamizning haqqini bilmagan kimsa bizdan emasdir”,dedilar”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati), deganlar.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 02/05/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1598
Chop etilgan vaqti: 13/10/2024 06:11