SAXOVAT UYIGA TASHRIF
Yurtimiz istiqlolga erishgandan buyon aholining yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa o‘zgalar yordamiga muhtojlar, yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish borasida qator tahsinga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, 2016 yil 31 oktyabr kuni Jomboy tumani “Ibrohim ota” jome masjidi imom xatibi Axmedov Anvar tomonidan Samarqand shahridagi “Saxovat uyi”da istiqomat qilayotgan keksalar holidan xabar olindi. Ularga oziq-ovqatlar, sovg‘a-salomlar ulashilib, ko‘ngillari ko‘tarildi.
Darhaqiqat, ko‘ngil so‘rash, o‘zgalarga yaxshilik qilish dinimizda buyurilgan va targ‘ib etilgan ishlardandir. Zero, Qur’oni karimda ham “Bas, yaxshi ishlarga shoshilingiz” (Baqara surasi, 148) deya ta’kidlangan.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 01/11/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 2361
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 10:09