O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Shahar imomlari nuroniylar ziyoratida

 
 

“9-may Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand shahri imom xatiblari qator xayriya tadbirlarini tashkil etdilar.

Bayram munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti xizmatchilari, mehnat faxriylari holidan xabar olindi.

Sovg‘a-salomlar ila nuroniylarning dillarini xushnud etildi. Umrni qadrlash, tinchlikni avaylab-asrash to‘g‘risidagi nasihatlariga quloq tutib, duolariga noil bo‘lindi.

Ta’kidlash lozimki, hadisi sharifda “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kichigimizga rahm qilmagan va kattamizning haqqini bilmagan kimsa bizdan emasdir”,dedilar”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati), deganlar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 02/05/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1070
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/shahar-imomlari-nuroniylar-ziyoratida
Chop etilgan vaqti: 29/09/2020 06:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing