Axborot xizmati

Tayloq tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 Joriy yilning 24 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Tayloq tumanidagi mavjud 20 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Tayloq tuman “Tayloq ota” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.

 

“MUFTIY HAZRATNING VASIYATLARINI ADO ETDIM...”

Hazratimiz Usmonxon Alimov rahimahulloh muftiylik lavozimida boshqalardan ko‘ra eng uzoq muddat faoliyat yuritdilar, desak, xato bo‘lmaydi. U kishi 15 yil davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasida din yo‘lida xizmat qildilar.
Biz ko‘p safarlarda birga bo‘ldik. Hazrat kim bilan qanday muomala qilishni bilardilar, zamonaviy til bilan aytganda, aqlli diplomat edilar. Dunyo sahnalaridagi nutqlari ham g‘oyat tushunarli, chiroyli edi. Bir so‘z bilan aytganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning munosib avlodlari edilar. U kishining xatti-harakatlarida go‘zal payg‘ambarona xulqni ko‘rardingiz.

 

HIJRAT VA UNGA TEGISHLI HUKMLAR HAQIDA FATVO

Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimiz musulmonlarini mamlakatni tark etib qonli urushlar ketayotgan hududlardagi jangari guruhlarga qo‘shilishga da'vat qiluvchi hamda ushbu amalni go‘yoki “hijrat” ekanini da'vo qilayotgan chaqiriqlar kuzatilmoqda.

Soxta da'vatchilar islom dinidagi muqaddas tushunchalarni g‘arazli siyosiy maqsadlar yo‘lida soxtalashtirgan holda talqin qilib, tinch-totuv va ozod mamlakatda, barcha ibodatlarni hotirjamlik bilan ado qilib turgan musulmonlarni qurolli to‘qnashuvlar ketayotgan mamlakatlarga chaqirmoqdalar. Hijratga da'vat qilayotganlar: “Musulmonlarning barchasiga hijrat qilish farz bo‘ldi, hijrat qilmagan kofir bo‘ladi”, deyish darajasiga bormoqda.

 

Saudiya Arabistoni elchisi: Usmonxon Alimov hazratlari dini, xalqi va vataniga ko‘p xizmatlar qilgan

Bismillahir Rohmanir Rohim

O‘z nomimdan va SAP elchixonasi nomidan O‘zbekiston xalqiga va hukumatiga dini va vataniga ko‘p xizmatlar qilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining vafoti munosabati bilan chin ko‘ngildan ta'ziya izhor qilaman. Alloh marhumni o‘z rahmatiga olib, joyini jannat aylasin. Ortda qolgan yaqinlariga sabr bersin!

Nayif Shamriy,
SAP elchisi vazifasini bajaruvchi

 

#XUSHXABAR: “QUR'ONI KARIM VA TAJVID” KURSLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH HISOB RAQAMI OCHILDI!

Allohga shukrki, Qur'oni karimga muxlis xalqimizning istaklarini inobatga olgan holda yurtimizdagi “Qur'oni karim va tajvid” kurslari faoliyati kengaytirilmoqda.

 

Hamdardlik maktublari kelishi davom etmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov rahimahullohning vafotlari munosabati bilan xorijiy mamlakatlar muftiylari, nufuzli tashkilotlar rahbarlari, davlat va din arboblari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.

Hamdadlik maktublarida muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Islom dini ma'rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta'minlash va xalqlar do‘stligini mustahkamlashdagi xizmatlarini Haq taolo husni qabul aylab, ulkan ajru savoblar ato etishini so‘ralgan.

 

Ashuro kuni ahliga kenglik qilish

Abu Hurayra roziyallohuanhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kunida ahli-ayoliga kenglik qilsa, Alloh taolo unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar».
Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Imom Hofiz Suyutiy bu hadisni sahih degan.

 

Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning Samarqanddagi xonadonlarida duoi-fotixa davom etmoqda.

Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning Samarqanddagi xonadonlarida duoi-fotixa davom etmoqda.

 

Chechenistondan kelgan muftiy o‘rinbosarlari Abdullo Hashxanov va Visarxanov Usmanlar Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning xonadoniga kelib, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Chechenistondan kelgan muftiy o‘rinbosarlari Abdullo Hashxanov va Visarxanov Usmanlar Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning xonadoniga kelib, marhumning yaqinlariga  hamdardlik bildirdi. Kun yarmida taniqli ulamolar “Eshon Temurxon To‘ra” jome' masjidiga kelib, peshin namozi jamoat bilan birga ado etildi hamda Alloh taboraka va taolodan barcha marhum ajdodlarimizni O‘zining rahmatiga olib, ularning haqlariga qilayotgan duolarimizni ijobat qilib, qolganlarga farovon hayot, tinchlik va ofiyat ato qilishini so‘raymiz!.

 

Is'hoqjon domla Begmatov Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning xonadoniga kelib, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Toshkent shahridagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Is'hoqjon domla Begmatov Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning xonadoniga kelib, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 

MANGULIK – ALLOHGA XOS

Munosabat

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari umr haqida bunday yozgan edilar: «Umr insonga berilgan ne'matlar ichra eng qadrlisidir. Kunlar ketidan haftalar, oylar, yillar o‘tib boryapti. Inson umri cheklangan. Shu bois uni g‘animat bilib, manfaatli ishlarga sarflash zarur. Chunki o‘tib ketgan vaqtni ortga qaytarishning sira iloji yo‘q.

 

Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohni oxirgi manzilga kuzatish marosimidan fotolavha

Muftiy hazratlarini so‘ngi manzilga kuzatish marosimida taniqli ulamolar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, hazratimizning qavmu qarindoshlari, do‘stu birodarlari, shogird va muxlislari, butun O‘zbekistonning turli joyidan kelgan hamyurtlarimiz hamda xorijdagi vatandosh mo‘min-musulmonlar ishtirok etmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoev muftiy hazratlari oilasiga ta'ziya bildirdi

Xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15 avgust kuni xastalik tufayli vafot etdi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi, hamdardlik so‘zlari og‘ir judolikka uchragan ko‘ngillarga taskin bo‘ldi. Marhumning haqiga duo qilindi.

Prezidentimiz muftiy hazratning ezgu ishlarini yodga oldi:

– Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo‘qotishlar bo‘layapti. Qo‘limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik.

 

 

HAMDARDLIK MAKTUBLARI KELMOQDA

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining vafoti munosabati bilan xorijiy mamlakatlar muftiylari, nufuzli tashkilotlar rahbarlari, davlat va din arboblari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.

 

Yarim asrga teng din xizmati

2021 yil 15 avgust kuni yurtimiz ahli ulkan musibatga, og‘ir judolikka uchradi. Ko‘p yillardan beri nafaqat yurtimiz, balki mintaqadagi mamlakatlarga ham sermahsul xizmatlari bilan tanilgan, fazilatli ulamo, mohir mufassir, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov hazratlari foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qildilar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing