Mukofotlar muborak!
2021 yil 30 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi binosida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan 40 nafar imom-xatiblar, imom-noiblar, mudarrislar va faol otinoyilar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni va 20 nafar sohaning faollari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xabaringiz bor, 2021 yil 23 avgust kuni Davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edilar.
Diniy-ma'rifiy sohada fidokorona mehnat qilayotgan diniy soha xodimlari ham “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni sohibi bo‘lganlari juda ham quvonarli hol bo‘ldi.
Mazkur fidoiy va jonkuyar insonlarga Alloh taolodan din, xalq va Vatan yo‘lidagi xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lishini tilaymiz, xususan, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni muborak bo‘lishini so‘raymiz.
Tadbirda viloyat hokimligi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat boshqarmasi mas'ullari ishtirok etdilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 30/08/2021 17:25; Ko‘rilganligi: 936
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:59