O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Urgut ahlining himmati

 
 

Har yili Mustaqilligimizning munosabati bilan mo‘min-musulmonlar mehribonlik, saxovat ishlariga yanada kirishib ketadilar. Binobarin, bu hayotda insondan faqat yaxshilik qoladi. Yaxshilikning mukofoti esa faqat yaxshilik – jannatdir.

Islom hidoyatida tarbiya ko‘rgan va uning sof va pok buloqlaridan bahra olib ulg‘aygan kishi o‘zi yashab turgan jamiyatdagi barcha insonlarga naf keltirishga, ulardan zararni daf qilishga intiladi. Chunki insonlarga yaxshilik qilish ikki dunyo saodatiga sabab bo‘ladi.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ey, imon keltirganlar! Ruku qilingiz, sajda qilingiz va Robbingizga ibodat qilib ezgu ish qilingiz – shoyadki, najot topsangiz!” (Haj, 77).

 Boshqa oyatda esa: “Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizcha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir” (Oli Imron, 92).

Musulmon kishi ushbu oyati karima mazmunidan kelib chiqib o‘zgalarga yaxshilik qilishga astoydil harakat qiladi. Chunki u yaxshilik yo‘lida qo‘yilgan har bir qadam uchun Allohdan ulug‘ ajrlar bo‘lishiga qat'iy ishonadi.

Xayr-saxovat insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini bog‘lashga, o‘zaro hurmat hislarini ortishiga xizmat qilish bilan birga dunyoviy ishlarning rivoj topishiga ham sabab bo‘ladi.

Ayni  shu  maqsadda, Urgut tuman bosh imom xatibi Sh.Xakberdiyev tashabbusi bilan “URGUT MEXR SAXOVAT” guruxining xomiyligida tumanda yashovchi kam taminangan oilalarning 50 nafar farzandlariga 7 850 000 so‘mlik o‘quv kurollari va 15 nafariga 18 375 000 so‘mlik maktab formalari va sport kiyimlari  jami 26 225 000 (yigirma olti million ikki yuz yigirma besh ming) sumlik moddiy yordam ko‘rsatildi. Ushbu tadbirlar yana 30 avgust kuni yana 50 nafar bolajonlarga shunday moddiy yordam kilish rejalashtirilmokda.

Yaxshiliklar, savobli amallar bardavom bo‘lgan el-yurt mustahkam bo‘lib, taraqqiy etadi. Bunday diyorda insonlar bir-biriga mehrli, muruvvatli bo‘ladi. Alloh taolo barchalarimizni ana shunday xayrli va savobi ulug‘ ishlarga muvaffaq aylasin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 28/08/2021 13:16;   Ko‘rilganligi: 1000
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/urgut-ahlining-himmati
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing