Toshkendan shahridan tashrif buyurgan imom-xatib domlalar Chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarda juma namozini ado etdilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tajribali imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 27 avgust Juma kuni Toshken shahridan tashrif buyurgan “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorov Urgut tumanidagi “Boybul” jome masjidiga, masjidiga va viloyatimiza faolyat olib borayotgan Oqdaryo tumani bosh imom-xatibi Habibullo domla Oblaqulov Urgut tumani “Ahmad Ochil” jome masjidiga, Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansur domla Abduxoliqov Urgut tumani “Yoqub Oxun” jome masjidiga va Tayloq tumani bosh imom-xatibi Bekmurod domla Ismoilov Urgut tumanidagi “Saroy” jome masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.
Juma namozida imom-xatiblarimiz “ISLOMDA BIRODARLIK VA O‘ZARO HAMJIHATLIK” mavzusida sermazmun ma'ruza qildilar.
Juma namozi ado etilgach, ushbu masjidlarning obod bo‘lishi yo‘lida beminnat xizmat qilgan barcha-barchaga ajru savobini ko‘paytirib berishini va bu masjidlarimiz qiyomatgacha namozxonlar uchun ibodat maskani bo‘lishini Allohdan so‘rab duolar qilindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 27/08/2021 19:44; Ko‘rilganligi: 1082
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 17:59