Xorijdagi vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Keyingi yillarda xorijdagi vatandoshlarimizning huquqlarini himoya qilish, sharoitlarini yaxshilashga e'tibor kuchaydi. Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migratsiyasi borasida xalqaro shartnomalar imzolandi. Chet ellarda ishlayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shu bilan birga, tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
Ana shu maqsadda tashkil etilgan targ‘ibot guruhi Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi. Guruh bilan birga O‘MI Samarqand viloyat vakili Zayniddin domla Eshonqulov ham Rossiya mamlakatida safarda bo‘lib turibdi. Targ‘ibot guruhi dastlab Sankt-Piterburg shaxrida ishlayotgan va o‘qiyotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashib, davra suhbati o‘tkazdilar. Shundan so‘ng tadbir qatnashchilarni vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan muborakbod etib, bayram dasturxoni yozildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 25/08/2021 21:53; Ko‘rilganligi: 926
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:05