Qo‘limizga ilk bor qalam tutib, xat-savodni o‘rgatgan, mehrini ulashgan muallimlarga doimo ta'zimdamiz.
Qo‘limizga ilk bor qalam tutib, xat-savodni o‘rgatgan, mehrini ulashgan muallimlarga doimo ta'zimdamiz. Ularning saboqlari, o‘gitlari hayotda doimo asqotadi, bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Ha, o‘qituvchilik shunday sharafli kasbki, bir umr yo‘limizni charog‘on etadi, qalbimizga ilmu urfon urug‘ini qadaydi.
Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma'rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.
Diniy sohada uzoq yillar xizmat qilib el yurt tinchligi yo‘lida fidoyi xizmat qilgan, bir nechta shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Ustozga ehtirom olamga ehtirom
Ustoz – muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qaro bo‘lardi zamon.
Abdurahmon JOMIY
Muallimlik – buyuk maqom. Chunki payg‘ambarlar muallim bo‘lganlar. “Muallim” so‘zining ma'nosi ilm beruvchi, ta'lim beruvchi, o‘rgatuvchi demakdir. Payg‘ambarlar insoniyatga ezgulikni o‘rgatganlar. Ana shuning o‘ziyoq ustozlik qay darajada yuksak martaba ekanini ko‘rsatadi.
"Gapirmayman, eshitmayman lekin Allohdan roziman..."
Xabaringiz bor, marhum muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li hazratlari tomonidan nashr etilgan “Tafsiri Irfon” kitobining muxtasar shaklda ta'lif etilgan – “Qur'oni karim va o‘zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi” kitobi chop etilib, xayriya tariqasida keng tarqatilmoqda.
Ayni kunlarda ushbu Qur'oni karim kitobining nusxalari madrasalar ustozlari, talabalari, imom-domlalar, diniy soha xodimlari va Qur'oni karim o‘qishga ishtiyoqi bor, lekin imkoniyati yo‘q fuqarolarga ham bepul tarqatish ishlari davom etmoqda.
"Turizm fidoyisi" ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz tashabbuslari bilan qator farmon va qarorlar imzolandi, turizm sohasi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida e'tirof etildi. Shu asnoda hududlarimizda turizmni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining tantanali topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi.
Kalom ilmi olimi merosiga bag‘ishlangan xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi
Buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta'limoti asoschisi imom Abu Mansur Moturidiyning izdoshi, moturidiylik ta'limotining keng yoyilishiga ulkan hissa qo‘shgan Abu Muin Nasafiy merosini chuqur o‘rganish, uning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularda ma'naviy va ma'rifiy qarashlarimizga yot bo‘lgan zararli ta'sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish dolzarb vazifa sanaladi.
Xushxabar: Jizzaxda “Qur'oni karim va tajvid” o‘quv kursi ochildi
Bugun, 27 sentyabr kuni Jizzax shahar markazida “Qur'oni karim va tajvid” o‘quv kursining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, qiroat ilmi ustozi Alijon qori tashrif buyurdi.
Tadbirda mutasaddi vakillar, imom-xatib, tolibi ilm va boshqa Qur'on karim shaydolari qatnashdi.
Ochilish marosimi tafsilotlarini muslim.uz va AlQuran.uz portalining sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.
Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga safari chog‘ida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
Qur'on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.
Davlatimiz rahbariga majmuada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida ma'lumot berildi.
Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Samarqandga tashrifi yakunlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqandga keldi.
Davlatimiz rahbari avval Hazrati Hizr majmuiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.
(https://president.uz/uz/lists/view/4642)Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘yilib, Qur'on tilovat qilindi.
@shmirziyoyev
TANIQLI ULAMOLARNING NAVBATDAGI TASHRIF MANZILI – NAVOIY
TANIQLI ULAMOLARNING NAVBATDAGI TASHRIF MANZILI – NAVOIY
Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Samarqand tumanidagi mavjud 6 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Ahrori Valiy” masjidida bo‘lib o‘tdi.
Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan otinoylar bilan "Bugungi kundagi otinoyilarning vazifalari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 21 sentyabr kuni viloyat bosh otinoyisi N.Temirova va DIQ mutaxassisi S.Najmiddinova Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan otinoylar bilan " Xo‘ja Abdu Berun" jome masjidida "Bugungi kundagi otinoyilarning vazifalari" mavzusida suhbat qurib, ularning muammo va kamchiliklarini o‘rgandi. Shundan so‘ng tumandagi kam ta'minlangan honodonlarga tashrif buyurib sovg‘alar ulashdilar.
Yoqubjon domla Mansurov Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabalari bilan “Sof islom aqidasini saqlaylik!” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabalari bilan “Sof islom aqidasini saqlaylik!” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. O‘tkazilgan davra suhbatida 100 ga yaqin talaba yoshlar va oliygoh o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Xayrullo domla Sattarov Samarqad davlat tibbiyot instituti talabalari bilan “Ilm olishning fazilatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Bugun, 21 sentyabr kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov Samarqad davlat tibbiyot instituti talabalari bilan “Ilm olishning fazilatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. O‘tkazilgan davra suhbatida 100 dan ziyod talaba yoshlar va oliygoh o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Bugun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov SamDU (Samarqand davlat universiteti) tashkil etilganligining 600 yillligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun, Registon maydonidagi me'moriy majmuaning tarkib topishi Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlangan. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan. Bugungi kunda esa mazkur oliygohda O‘rta Osiyoning turli hududlaridan kelgan 30 000 dan ziyod talaba yoshlar tahsil olmoqda.
Tadbirga xorijiy nufuzli mehmonlardan Nobel mukofoti laureati, AQSHning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar, Istanbul universiteti rektori Mahmud AK (Turkiya) va mazkur oliygohda ta'lim olgan professor o‘qituvchilar hamda viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan xorijiy martabali mehmonlar - AQSHning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar va Istanbul universiteti rektori Mahmud AK janoblariga hamda SamDU (Samarqand davlat universiteti) ning axborot-resurs markaziga Muftiy Usmonxon Alimov rahimahullohning xotiralariga bag‘ishlab Turkiya bilan hamkorlikda nashr etilgan “Qur'oni Karim va O‘zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi” kitobidan hadya etildi.
Tadbir so‘ngida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla mazkur oliygohning yana ko‘p yillar yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularning ongu-shuurini yuksak ma'naviyat, ma'rifat yog‘dulari bilan yoritish yo‘lida xizmat qilishini Allohdan so‘rab, xayrli duolar qildi.
Xushxabar: 24 sentyabrdan juma namozi masjidlar xonaqosida ado etiladi
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma'naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, Respublika maxsus komissiyasining majlisida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 24 sentyabrdan e'tiboran juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqildi hamda ma'qullandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.




















