O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tayloq tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

 Joriy yilning 24 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Tayloq tumanidagi mavjud 20 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Tayloq tuman “Tayloq ota” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Tayloq tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov va viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.

Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarovlar tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/08/2021 18:55;   Ko‘rilganligi: 1108
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/tayloq-tumanida-sayyor-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 16:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing