Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov “Samarqand davlat chet tillari instituti”da talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Bugun, 14 sentyabr kuni viloyatimizda joylashgan oliy ta'lim muassasalarida diniy soha xodimlarining talaba va o‘qituvchilar bilan o‘tkazadigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasi asosida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov “Samarqand davlat chet tillari instituti”da talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. O‘tkazilgan davra suhbati “Yot g‘oyalardan ehtiyot bo‘laylik”, “Ilm olishning fazilatlari” va shu kabi dolzarb mavzularda bo‘ldi. Davra suhbati juda qizg‘in tarzda davom etdi. Talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob oldilar. Tadbirda 100 dan ziyod talaba yoshlar hamda oliygoh o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmat xodimi
Kiritilgan vaqti: 14/09/2021 16:54; Ko‘rilganligi: 1026
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 16:18