Bugungi otinoyi zamon bilan hamnafas yashashi, ma'rifatli, ma'naviyati yuksak, xotin-qizlarning muammolariga yechim topa olishi bilan alohida ajralib turishi kerak.

Bugungi otinoyi zamon bilan hamnafas yashashi, ma'rifatli, ma'naviyati yuksak, xotin-qizlarning muammolariga yechim topa olishi bilan alohida ajralib turishi kerak. Chunonchi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish va bunyodkorlik ishlari har bir mutasaddidan shuni talab etmoqda.
Bugun viloyatimizdagi “Konsert zali” majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi viloyatimizdagi tuman va shahar bosh imom-xatiblarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va joylarda faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi.
– Bugun har qachongidan ham ko‘proq hushyor va ogoh bo‘lishimiz zarur, – deydi o‘zining “Hizbut tahrirning ijtimoiy xatarlari, dindagi botil g‘oyalari, Islom ulamolarining ushbu firqaga munosabati, uning faoliyatiga qonuniy baho berish va hushyorlikka chaqirish” mavzusidagi ma'ruzasi bilan qatnashgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov. – Chunki axborot asrida internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda e'tiqod o‘g‘rilari izg‘ib yuribdi. Ularning eng xatarlilaridan biri “Hizbut tahrir” oqimi a'zolaridir. Islom ulamolari hizbiylarni qattiq adashgan firqa deb hisobalb, ko‘plab shar'iy masalalarda din ahkomlariga mutlaqo zid fatvolar berishini qattiq qoralaydilar. Shu bois bugun otinoyilar ana shu va boshqa adashgan firqalarning xavf-xatarlarini, kirdikorlarini yaxshi bilib olishlari zarur.


Shundan so‘ng Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom-xatibi O‘tkir domla O‘mirqulov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yili mobaynida diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilgan islohotlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan intervyusidan kelib chiqadigan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.


Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Tohir domla Ibodullayev “Xotin-qizlar orasida individual psixologik yordamga muhtoj ayollar bilan ishlash yo‘nalishlari va usullari” mavzusida ma'ruza qildi.

O‘quv-seminarda qizlarni erta turmushga berish, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, bu orada oila boshliqlari, mahalla faollarining mas'uliyatini oshirish kabi masalalar ham e'tibordan chetda qolmadi. Bu borada Samarqand shahar “Damariq” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov va Respuklika Aholi Repraduktiv Markazi Samarqand filiali raxbari Boborahimova Umida Musayivna ma'ruza qildi.



O‘quv-seminar so‘ngida mavzular bo‘yicha otinoyilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytarishdi.
Tadbir nihoyasida xayrli duolar qilindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot ximati
Kiritilgan vaqti: 15/09/2021 15:03; Ko‘rilganligi: 1150
Chop etilgan vaqti: 24/11/2025 18:03





















