Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumani aholisi bilan “Ne'matlarga shukr qilaylik”, “Yurt kelajagi, yoshlarga e'tibor”, “Buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish eng dolzarb vazifa” kabi mavzularda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazmoqda.
Bugun DIQning viloyatdagi vakili S.Boymurodov va Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumani aholisi bilan “Ne'matlarga shukr qilaylik”, “Yurt kelajagi, yoshlarga e'tibor”, “Buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish eng dolzarb vazifa” kabi mavzularda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazmoqda.
Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Samarqand viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida “Inson a'zolarini ko‘chirish (transplantatsiya)” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.
Bugun, Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Samarqand viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida “Inson a'zolarini ko‘chirish (transplantatsiya)” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. Tadbir davomida Zafar domla Mahmudov so‘zga chiqib, inson a'zolarini ko‘chirishga Islom dinining munosabati to‘g‘risida ma'ruza qildi. Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Bugungi otinoyi zamon bilan hamnafas yashashi, ma'rifatli, ma'naviyati yuksak, xotin-qizlarning muammolariga yechim topa olishi bilan alohida ajralib turishi kerak.
Bugungi otinoyi zamon bilan hamnafas yashashi, ma'rifatli, ma'naviyati yuksak, xotin-qizlarning muammolariga yechim topa olishi bilan alohida ajralib turishi kerak. Chunonchi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish va bunyodkorlik ishlari har bir mutasaddidan shuni talab etmoqda.
Bugun viloyatimizdagi “Konsert zali” majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi viloyatimizdagi tuman va shahar bosh imom-xatiblarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va joylarda faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi.
Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov “Samarqand davlat chet tillari instituti”da talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Bugun, 14 sentyabr kuni viloyatimizda joylashgan oliy ta'lim muassasalarida diniy soha xodimlarining talaba va o‘qituvchilar bilan o‘tkazadigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasi asosida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov “Samarqand davlat chet tillari instituti”da talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. O‘tkazilgan davra suhbati “Yot g‘oyalardan ehtiyot bo‘laylik”, “Ilm olishning fazilatlari” va shu kabi dolzarb mavzularda bo‘ldi. Davra suhbati juda qizg‘in tarzda davom etdi. Talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob oldilar. Tadbirda 100 dan ziyod talaba yoshlar hamda oliygoh o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanaylik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida “Barchamizga ayonki, tashqi va ichki siyosat sohalarida oldimizda turgan muhim va ulkan vazifalarni hech kim chetdan kelib hal qilib bermaydi. Faqat o‘zimizning kuch va imkoniyatlarimizga ishonishimiz, o‘z salohiyatimizga tayanishimiz zarur”, deganlar.
MUKOFOT MUBORAK!
Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida bugun, Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi" bayrami munosabati bilan esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi jamoasi, viloyatimiz masjidlarida faoliyat yuritayotgan barcha imom-xatiblar va otinoyilar Zayniddin domla Eshonqulovni mukofot bilan tabriklaymiz!
Barcha xayrli va ezgu ishlaringizda Alloh taolo madadkor bo‘lsin!
Samarqand shahrida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 7 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Samarqand shahridagi mavjud 23 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Samarqand shahridagi “Namozgoh” masjidida bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "KALOM ILMI MAKTABIGA" tashrif buyurdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "KALOM ILMI MAKTABIGA" tashrif buyurdi. Viloyat bosh imom-xatibi "KALOM ILMI MAKTABI" faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zining kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.
Bugun yurtimizdagi ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi
Samarqand viloyatida joylashgan “Xadis ilmi maktabining”bida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
Samarqand viloyatida joylashgan “Xadis ilmi maktabining”bida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov va viloyat bosh imom-xatibi Zaynidddin domla Eshonqulovlar ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.
Mehmonlar o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanilib, fanlarni puxta o‘zlashtirishga, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib yetishishga da'vat etdi.
Viloyatmizdagi barcha shahar va tumanlarda faoliyatolib borayotgan imom-xatiblarimiz ham maktablarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, “Mustaqillik darsi”ni o‘tmoqda.
Mukofotlar muborak!
2021 yil 30 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi binosida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan 40 nafar imom-xatiblar, imom-noiblar, mudarrislar va faol otinoyilar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni va 20 nafar sohaning faollari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xabaringiz bor, 2021 yil 23 avgust kuni Davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edilar.
Urgut ahlining himmati
Har yili Mustaqilligimizning munosabati bilan mo‘min-musulmonlar mehribonlik, saxovat ishlariga yanada kirishib ketadilar. Binobarin, bu hayotda insondan faqat yaxshilik qoladi. Yaxshilikning mukofoti esa faqat yaxshilik – jannatdir.
Islom hidoyatida tarbiya ko‘rgan va uning sof va pok buloqlaridan bahra olib ulg‘aygan kishi o‘zi yashab turgan jamiyatdagi barcha insonlarga naf keltirishga, ulardan zararni daf qilishga intiladi. Chunki insonlarga yaxshilik qilish ikki dunyo saodatiga sabab bo‘ladi.
Toshkendan shahridan tashrif buyurgan imom-xatib domlalar Chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarda juma namozini ado etdilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tajribali imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 27 avgust Juma kuni Toshken shahridan tashrif buyurgan “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorov Urgut tumanidagi “Boybul” jome masjidiga, masjidiga va viloyatimiza faolyat olib borayotgan Oqdaryo tumani bosh imom-xatibi Habibullo domla Oblaqulov Urgut tumani “Ahmad Ochil” jome masjidiga, Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansur domla Abduxoliqov Urgut tumani “Yoqub Oxun” jome masjidiga va Tayloq tumani bosh imom-xatibi Bekmurod domla Ismoilov Urgut tumanidagi “Saroy” jome masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.
Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamyurtlarimiz va Tojikiston, Chechinoston va Qirg‘izistondan kelib RFda ishlab va o‘qib yurgan namozxonlarga ma'ruza qildi.
RFda xizmat safarida bo‘lib turgan delegatsiya a'zolari kunning birinchi qismida Kaleningrad shahridagi Yoshlar markazida vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. Ushbu viloyat markazida joylashgan jome masjidida delegatsiyamiz a'zolari juma namozini ado etdilar. Juia mav'izasida Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ham shu joyda to‘plangan hamyurtlarimiz va Tojikiston, Chechinoston va Qirg‘izistondan kelib ishlab va o‘qib yurgan namozxonlarga ma'ruza qildi.
Juma namozidan so‘ng viloyat mutasaddilari hamda masjid imomlari bilan ham alohida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
RFning Sankt-Piterburg shahridan boshlangan uchrashuvlar davom etmoqda
Mutasaddilar, ziyoliy va diniy ulamolardan iborat targ‘ibot guruhi Rossiya mamlakatida bo‘lib, u joyda uzoq muddatli mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan hamda o‘qiyotgan fuqarolarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.
Xorijdagi vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Keyingi yillarda xorijdagi vatandoshlarimizning huquqlarini himoya qilish, sharoitlarini yaxshilashga e'tibor kuchaydi. Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migratsiyasi borasida xalqaro shartnomalar imzolandi. Chet ellarda ishlayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shu bilan birga, tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi.




















