Maqolalar

Kufr haqida

 Ma'lumki bugungi kunda ba'zi toifalar kufr so‘zini ko‘p ishlatmoqda. Iymon keltirgan va o‘zini musulmon deya da'vo qilayotgan kishini ham kufrda yani dindan chiqqanlikda ayblamoqdalar.

Aslida bu “Kufr” o‘zi nima degani? Qanday odamga kofir deyiladi? Bu savollarga quyidagi maqolamiz orqali javob berishga harakat qilamiz.

Kufr so‘zi lug‘atda “yopish”, “berkitish” ma'nosini anglatadi.

 

Isrofgar bo‘lmaylik

Baxtli, saodatli turmush kechirish, oilani chinakam baxt qasriga aylantirish, farzandlar kamolini ko‘rish har bir muslim va muslimaning eng ezgu orzusidir. Bunday baxtli turmush qurishning muhim omillaridan biri esa ayollarning kamxarj bo‘lishi va isrofgar bo‘lmasligidir.

 

Eng baxtli inson fitnadan saqlangan kishidir

Fitnalar paytida ilm va yetuk malakaga ega bo‘lmagan inson uning domiga tushib qolishi hech gap emas. Ayniqsa, hozirgi kunga kelib arzimas xato tufayli fitnachilarga yordam berishi yoki ularning safiga tushib qolishi ham mumkin. Fitnalarning bo‘lishi taqdirda bor ekan, mana shunday fitnalar sodir bo‘lgan paytda musulmon kishi qanday yo‘l tutmog‘i lozim? Qanday qilsa, undan saqlanishi mumkin? Ulamolarning Qur'on, hadis va tarixdagi fitnalar paytida salafi solihlarning fitnalar paytida tutgan yo‘llaridan kelib chiqib bidirgan fikrlarini quyida qisqacha bayon qilishga harakat qilamiz.

 

8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin “Konstitusiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.

Konstitusiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

 

Bugungi o‘ylar...

Mamlakatimizda chorak asrdan ziyodroq davr mobaynida erishilgan barcha yutuqlar, hamma yo‘nalishdagi taraqqiyotga, asrlarga tatigulik o‘zgarishlarga, hech shubhasiz, Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

Asosiy Qonunimiz xalqimizning ko‘p asrlik tajribasi, betakror mentaliteti, beqiyos urf-odatlari, o‘ziga xos orzu-o‘ylariga binoan ishlab chiqilgan. E'tiborli jihati, undagi normalar muqaddas dinimiz qoidalariga ham to‘la-to‘kis muvofiq keladi. Bu esa jahon davlatlarining hammasida ham bor emas!

 

Qonunlarimizni hayotiyligi

Biz baxtimiz qomusi Konstitusiyamiz haqida nimalarni bilamiz . Konstitusiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, eng yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. Konstitusiya davlat tuzilishini, uning boshqaruv shaklini, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlarini, shaxsining huquqi erkinligi va burchlarini belgilab quyadi. Konstitusiyamizga juda ko‘p marta o‘zgarishlar kiritildi.

Asosan 2002, 2011, 2014, 2022-yillarda o‘zgartirilib qo‘shimchalar kiritildi.

 

Mutaassiblikning mohiyati va ofatlari haqida

Bag‘rikenglik an'analari qanchalik qadimiy ildizlarga ega bo‘lsa, toqatsizlik va murosasizlik bilan bog‘liq qarashlar va harakatlarning ildizlari ham shunchalik qadimiydir. Mutaassiblik (fanatizm – fransuzcha «ibodat») uning keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biridir.

Mashhur tilshunos Ibn Manzur: “Taassub” so‘zi “asabiyat”dan olingan. “Asabiyat” boshqalarni o‘zining ota tomonidan qarindoshlariga yordam berishga chaqirish ma'nosini anglatadi. Bir guruhga nisbatan taassub qilish degani o‘sha guruh yordami uchun jamlanish ma'nosini anglatadi, deb yozadi.

 

Milliy libos – millatimizga hurmatdir!

Tarixdan ma'lumki, johiliyat davrida ayollar barcha insoniy xuquqlardan mahrum edilar. Ularga nihoyatda past nazar bilan qaralardi. Hatto ahvol shu darajaga borib yetgandiki, ba'zi arab qabilalarida qiz farzand tug‘ilishidan johil otalar nomus qilib, qizlarini tiriklay qaro yerga ko‘mib yuborardi. Islom dini bunday mudhish odatlarga barham berdi, nainki komil, ezgu qalblarning, balki katta-kichik har bir insonning irqi, millati va e'tiqodidan qat'iy nazar, o‘zgalar tarafidan tahqirlanishi, xo‘rlanishi va xorlanishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa, ayol zotini doimo ulug‘lab, avaylab-asrash harakatida bo‘ladi.

 

QO‘SHNICHILIK HAQLARI

Islom shariatida qo‘ni – qo‘shnichilik munosabatlariga jiddiy ahamiyat berilgani va jamiyat tinchligi, barqarorligi va farovonligi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlanadi. Qur'oni karim oyatlarida va hadisi shariflarda chiroyli qo‘shnichilik odoblari ular o‘rtasidagi insoniy muomalalar haqida batafsil aytilgan. Jumladan, “Niso” surasining 36-oyatida “…Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik qilmangizlar! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingizlar! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shniyu, begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham yaxshilik qiling! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi”.

 

Agar ogohsan sen – shoxsan sen. Agar shoxsan sen – ogohsan sen! - Ibrohimjon Inomov

«Agar ogohsan sen – shoxsan sen.

 Agar shoxsan sen – ogohsan sen!»

 QADRLI va TABARRUK  XOJIBOBO va XOJIONALAR!

MUHTARAM  XOJIAKALAR!

AZIZ va QIMMATLI  MEHRIBEPOYON  OTALAR!

HURMATLI va MUNIS  MEHRIDARYO  ONALAR!

Bugungi yurtimizni tinchligida SIZLARNING ham xizmatlaringiz BEQIYOS KATTA!

SIZLARNING o‘z oilangiz tarbiyasidagi mashaqqatli va sharafli, og‘ir va savobli, sermahsul va olijanob faoliyatlaringiz har qanday tahsinu mukofotlarga loyiq va munosib!!!

 

Islomda ayollarga bo‘lgan munosabat

Islom dini birinchi bo‘lib ayol kishi ham xuddi erkak kashidek, to‘laqonli inson ekanini e'lon qildi. Bu ma'no qur'oni Karimning bir qancha oyatlarida qayta-qayta bayon etildi.

Allox ta'lo Niso surasida shunday deb marhamat qiladi. Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Rabbingizdan qo‘rqinglar. (1-oyat) 

Demak, odamiylikda va insoniylikda erkak va ayol teng erkakning ayoldan ustunligi yo‘q.

Rosululloh sallollohu alayhi vassallam ayollar ham erkaklar kabi inson ekanini elon qildilar.

 

Ayol – xalqimizning toji, borligimizning oynasi, millatimizning tarbiyachisidir.

Ayol – xalqimizning toji, borligimizning oynasi, millatimizning tarbiyachisidir. Chunki biz ayollar kelajagimiz nihollari unib o‘sishiga tarbiya topishiga sababchi bulamiz. Darhaqiqat dinimizda har insonning xoh erkak bulsin, xoh ayol bo‘lsin jamiyatimizda o‘ziga yarasha o‘rni va albatta hurmati bor.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing