Qonunlarimizni hayotiyligi

Biz baxtimiz qomusi Konstitusiyamiz haqida nimalarni bilamiz . Konstitusiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, eng yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. Konstitusiya davlat tuzilishini, uning boshqaruv shaklini, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlarini, shaxsining huquqi erkinligi va burchlarini belgilab quyadi. Konstitusiyamizga juda ko‘p marta o‘zgarishlar kiritildi.
Asosan 2002, 2011, 2014, 2022-yillarda o‘zgartirilib qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga diniy masalalar to‘g‘risida ham modda kiritilgan. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bir necha yildirki qonunda belgilangan barcha moddalarda dinimizni mustahkamlash uchun hamda dinimizni jamiyatdagi rolini oshirish uchun barcha muhim vazifalar aniq va ravshan qonuniy yo‘l bilan belgilab berilgan. Qonun 6 bob 35 moddadan iborat.
Jumladan 2-bob 4-moddasi e'tiborimizni tortdi. Vijdon erkinligi bu fuqarolarning xoxlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan Konstitusiyaviy huquqidir.
Fuqaro dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod qilmaslikka ibodatlarga diniy rasm-rusmlar va marosimlarda ishtirok e'tishga yoki ishtirok etmaslikka diniy ta'lim olishga nisbatan o‘z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo‘l qo‘ymaydi deb qonunga kiritishi ham xalqimizning xoxish irodasini, maqsadlarini hurmat qilish hatto davlatimiz siyosati xalqimizga bo‘lgan yuksak hurmatining ifodasidir.
Shuningdek qonundagi 5, 7, 8, 9, 12, 16, 17, 25, 27, 30, 31 , 32, 33, 34, 35-moddalarda ham diniy tashkilotning vazifalari huquqlari, ijtimoiy hayotdagi jarayonlari, hujjatlari haqida mukammal qilib belgilab berilgan.
Biz qanday jamiyatda yashamaylik o‘sha jamiyatning qonunlarini xalqchil etib belgilanganligini his etgan holda unda ishtirok etishimiz kerak. Avlod-ajdodlarimizning madaniy merosi qadriyatlarini milliyligini saqlagan holda vatanimizga xizmat qilaylik.
Yurtimizni diniy va dunyoviy ilmni egallagan, ma'rifatli, ma'naviyatli insonlar yurti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Muqaddas dinimiz, ilohiy kitoblarimiz dunyo mamlakatlarida mashhurdiryu Axir bizning qonunlarimiz ming yillik moziyga borib taqaladi. Biz yurtimizdagi 17 ta olimga shayxlik maqomi berilganligini bilamiz va ulug‘ Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini hamda shayx Abdulaziz Mansurlarning dinimiz to‘g‘risida kitoblarini yosh avlodga, xalqimizga yetkazib oila, nikoh, ilm, tarbiya to‘g‘risidagi o‘gitlaridan bahramand bo‘lishimiz zarur.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya va unga kiritilgan yangi moddalarni o‘rganishimiz xalqimiz bilan birgalikda vatanimizning kelajagi, gullab-yashnashi, xalqimizning tinch va farovon yashashi uchun xizmat qilishni o‘zimizning insoniylik burchimiz deb bilishimizni unutmasligimiz kerak.
Abdusami Azizov - Urgut tuman G‘ishtli jome' masjidi imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 08/12/2022 09:07; Ko‘rilganligi: 780
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 21:47





















