Maqolalar

"Dorulislom" va “dorulkufr" tushunchalari

“Dorulislom” va “Dorulkufr” atamalari Islomning avvalida emas balki, keyinchalik paydo bo‘lgan fiqhiy istilohlardan hisoblanib, taxminan hijriy birinchi asrda Abu Hanifa rahmatullohi alayh davrlarida paydo bo‘lgan.

"Dorulislom"lug‘atda"islomdiyori"degan ma'noni anglatadi. Istilohda esa, "islom arkonlari amalda bo‘lgan hududga nisbatan qullaniladi".

 

VALIYLAR KAROMATI HAQDIR

Valiy Allohni do‘st tutuvchi, ibodatda bardavom, hukmlarda mahkam, e'tiqodda o‘rnak, gunohdan yiroq, haromdan uzoq yuruvchi kishidir. Zero, Allohtaolo Qur'oni karimda:

«Alloh iymon keltirganlarning do‘stidir. Ularni zulmatdan nur sari chiqaradi...», degan.

Shunga ko‘ra barcha mo‘minlar valiydirlar. Biroq ularning Allohga valiy-do‘stliklari Unga yaqinliklari nisbatida kuchli yoki kuchsiz bo‘ladi...

 

Islom dini insonlarni tinch-totuv yashashga, boshqalarga, hatto boshqa din vakillariga ham zulm qilmaslikka chaqiradi.

Terrorizm bu kishilar, jamoalar yoki davlatlarning inson dini, joni, ongi, moli, nomusiga buzg‘unchilik bilan dushmanlik qilishidir. Uning doirasiga qo‘rqitish, aziyat berish, tahdid solish, nohaq o‘ldirish, mol-mulkini tortib olish, yo‘llarda qo‘rqitish, yo‘lto‘sarlik qilish, zo‘ravonlik, tahdidning barcha turlari bilan yakka, yoki jamoaviy tarzda jinoyatchilik rejasini amalga oshirish kiradi.

 

Moturidiylar va ash'ariylar – Ahli sunna val jamoa

Imom Abu Mansur Moturidiy[1] va Imom Abul Hasan Ash'ariy rahmatullohi alayhlar Ahli sunna val jamoaning e'tiqodini bayon qilish, shubhalarni daf qilish, naqliy va aqliy dalillar keltirish bilan shug‘ullanganlar. Bu ikki imom “Ahli Sunna”ning aqoid bobidagi imomlari ekanini ko‘p ulamolar ta'kidlashgan.

 

Yoshlarimizdagi ma'naviyatning sustligi, kitobxonlikdan chetda bo‘lish OILALARIMIZDA farzandga e'tiborning yo‘qligidan

Bilamizki, XXI asr – axborot va texnologiyalar asri hisoblanadi. Bugungi kunda internetga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Har narsaning bir manfaati bo‘lish bilan birga zarari ham bo‘lishi tabiiy. Jumladan, internet ham ayrim manfur kimsalar uchun “qurol” vazifasini bajarmoqda. Mana shu qurol orqali ma'naviyatimiz hamda milliy qadriyatlarimizga o‘z ta'sirini o‘tkazmoqda.

 

Tasbeh ishlatish bid'atmi?

Mashhur sahobalar kundalik ziklarni aytishda mayda tosh donalari yoki xurmo danaklaridan tasbeh sifatida foydalanishgani sahih rivoyatlar ila sobit bo‘lgan. Lekin ming afsus hozirgi kunda soxta salafiylar zikr qilishda tasbeh donalaridan foydalanishni bid'at sanashadi. Bir amal bid'at bo‘lishi uchun dinimiz uni man etgan bo‘lishi kerak, holbuki payg‘ambarimiz Sallalohu alayhi vasallam tasbehlarni danak va toshlar bilan sanagan sahobalarni ko‘rib, bu ishdan qaytarmaganlar. Man etmaganlari esa tasbeh aytishni sanash taqririy sunnat ekanligi ma'lum bo‘ladi.

 

Yoshlarni ilm olishga undash, kitob o‘qishga targ‘ib etish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir

Ma'lumki, jaholat va johillikning davosi – bir qancha bo‘lib, ulardan eng asosiysi – kitob o‘qishdir. Darhaqiqat, kitob o‘qish qalb chigalliklarini yozadi, ko‘ngilga huzur bag‘ishlaydi, jaholatga barham beradi, turli-tuman vasvasalarni kishi ongidan quvib chiqaradi. Dunyoda ham, oxiratda ham insonga ilmdan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradigan narsa yo‘q!  Shuningdek, jaholatdan ko‘ra zararliroq narsa ham yo‘q!

   Ali karramallohu vajhahu:  “Insonlarning eng qadri ozi – ilmi ozidir”, deganlar.

 

Xorijiylar fitnasi

Musulmonlarning to‘rtinchi xalifasi Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu davri Alloh taolo islom millatini turli ixtilof hamda qiyinchiliklar bilan sinashni ixtiyor etgan pallaga to‘g‘ri keldi. Ali roziyallohu anhu xalifalik mansabida to‘rt yilu yetti oy davomida turdilar. Ali roziyallohu anhu hijratning 40 yilida ramazon oyining 16 kuni ertalabki namozga masjidning eshigidan kirayotgan vaqtlarida Abdurahmon ibn Maljam u kishining qornilariga zaharli qilich bilan uradi. Ali roziyallohu anhu o‘g‘illariga vasiyat qilib keyin vafot etadilar.

 

“Ajralib chiqqanlar” isyonchilar

Xavorijlar Ali roziyallohu anhuning tarofdorlaridan ajralib chiqqan bo‘lgan bir guruh hisoblanadi. Ular avvalda Ali roziyallohu anhuga yordam berish uchun to‘plangan edilar. Hazrati Ali va Muoviya roziyallohu anhum o‘rtalaridagi chiqarilgan hukm shartnomasidan keyin, Ali roziyallohu anhuni  mazkur tahkim voqeasida ayblab,  undan ajralib chiqadi. Shuning uchun ham ularni "Xavorijlar", ya'ni ajralib chiqqanlar, isyonchilar deb atashadi. Ushbu guruh tarafdorlari Basra va Kufa aholisidan tashkil topgan edi.[1]

 

Kelin bu o‘g‘lingiz jufti xaloli.Past sanab hurmatlang qovokni uyib, Shod bo‘lib qolarsiz nabira suyib.

Hayotimizda ro‘y berayotgan har bir voqea, har bir o‘zgarishida xalqimizning buyuk istiqbolini ko‘ramiz. Oila masalasi esa bugungi kunimizning bosh mezoniga aylanib bormokda. Chunki oila tinchiligi-jamiyat tinchligidir. Oilalar tinch, baxtiyor bo‘lgan davlat eng kuchli, eng rivojlangan maskandir. Mexribon nasihatgo‘y, duogo‘y ota - onamizdir.

Insonninng oila qurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zidan pokiza nasl qoldirishdir.Turmush qurish har bir yigit - qizning orzu-havasidir. Qolaversa ota - onaning ham orzusidir. Ota - onamiz bizlarga doimo samimiy, sadoqatli, mehribon, kamtarin, oliyjanob va adolatli, to‘g‘ri so‘zli inson bo‘lgin deb har doim uqtirar edilar. Ona bir qo‘lida beshikni, bir qo‘lida dunyoni tebratadi. Uning qadoqqo‘llarida dunyoning aksi, kelajagi porlaydi.

 

Odob, xulq, axloq tushunchalariga ta'rif

Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.

 

Sahobalar fitnalardan xoli zotlardir

Tarixni o‘rganayotgan inson avvalo, e'tibor qaratishi kerak bo‘lgan narsa bu undagi ma'lumotlarning nechog‘lik sahih va to‘g‘ri ekanligidir. Agar tarix sahih masdarlarga asoslangan bo‘lsa, uning natijasi manfaatli bo‘ladi. Agar aksincha bo‘ladigan bo‘lsa, natija ham o‘ziga yarasha bo‘ladi. Tarix suyanishi kerak bo‘lgan masdarlarning birinchisi Qur'oni karimdir. Chunki Alloh taolo u haqida «Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil (nohaqlik) kelmas. (U) hikmat va hamd egasi (tomoni)dan  nozil qilingandir»[1] , deb marhamat qilgan. Qur'onda ko‘plab tarixiy voqea va hodisalar bayon qilingan. Ba'zi o‘rinlarda voqealarning tafsilotiga kirishilgan bo‘lsa, ba'zi o‘rinlarda holatga qarab uning tafsilotiga kirishilmagan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing