Ekstremistik oqimlar dinimiz kushandasi
Hozirgi davrdagi jaholat urug‘ini sochayotgan soxta ekstremistik g‘oyalarga ma'rifiy jihatdan kurashda islom dinimiz tarixiy taraqqiyotida ham shaklan boshqacharoq ko‘rinishda bo‘lsa-da, lekin mazmunan aynan shunday ekstremistik g‘oyalar oldin ham bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Dinimiz tarixiga nazar solar ekanmiz, yana shunga amin bo‘lamizki, sog‘lom idrok, sog‘lom haqiqat va g‘oyalar soxta g‘oyalar ustidan hamisha g‘alaba qozonib kelgan. Islom dinimiz rivojiga buyuk hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosida soxta g‘oyalarga qarshi ish olib borgan kurashini ko‘rish mumkin. U kishining «Kitob at-tavhid» asarida soxta ta'limotlarga ergashishni oldini olishda ishonchli dalillardan keltirib, bu yo‘ldagi barcha xatoliklar sababini aniq ko‘rsatib berganiga guvoh bo‘lamiz: «Taassub, bu ko‘r-ko‘rona taqlid bo‘lib, u juda keng tarqalgan illatdir, ya'ni bunda juda ko‘pchilik biron-bir ma'naviy yoki diniy yo‘lboshchiga, uning fikrlari mazmu n-mohiyatini tushunmagan holda qo‘shilishga yengib bo‘lmas moyillik bildiradi. Mana shu sabab natijasi o‘larok, har bir firqa va har bir yo‘nalish shu paytga qadar o‘z tarafdorlariga ega bo‘lib kelmoqda. Bu muxlislar qachondir qabul qilingan soxta ta'limotga sadoqatda qat'iylik namoyish etmoqdalar va yana o‘zlarini haqiqatning yagona egalari hisoblamoqdalar», — degan fikrlari bugungi diniy-ekstremistik guruhlarga aytilgandek seziladi. Moturidiy bobomiz o‘sha davrdagi islom ichidagi soxta oqim va firqalarning haqiqiy mohiyatini ochib bergan. Bunday oqimlar o‘sha davrda ham ko‘p bo‘lgan. Shunga qaramasdan ezgulik bilan yovuzlik jamiyatda hamisha yonma-yon kurashib, bu kurashda ezgulik g‘alaba qilib kelgan.
Folbinlik Qur'oni karim hukmi bilan harom qilingan va shar'an qoralangan ishlardandir.
Islomdan oldingi johiliyat zamonidan buyon kishilar ongi va dunyoqarashida yashab, ularni haq yo‘ldan chalg‘itib kelgan ba'zi muammolar keyingi paytlarda ham bo‘y cho‘za boshladi. G‘aybni bilish da'vosidagi qoralangan ilmsizlik «folbinlik» deb ataladi. Folbinlikning «kohinlik», «ilmul-raml», «munajjimlik», «arroflik» kabi boshqa nomlari ham bor. Folbinlik Qur'oni karim hukmi bilan harom qilingan va shar'an qoralangan ishlardandir. Folbin, kohinning g‘aybdan bergan xabarini tasdiqlash oyati karima va hadisi sharifga asosan kufrdir.
Bir musulmonni ehtiyojdan qutqarganing uchun buyuk Alloh seni mukofotladi.
Hazrat Ali uydan olti dirham olib bozorga bordilar. Endi savdo qilayotgan paytda ikki kishining kelishmay turganini ko‘rdilar. Biri qarzini qistar, ikkinchisi biroz muhlat berishini so‘rab yalinardi. Olti dirhamini ularga berib tinchitgan hazrat Ali uyga bo‘sh qaytishga majbur bo‘ldilar:
TILIMIZGA EHTIYOT BO‘LAYLIK
Aksariyatdavralarda bo‘lib qolsak, shu davrada bo‘lmagan kimningdir xayotiga doir mavzuda gap ochiladi. Birovning kiygan kiyimi bormi, mingan avtomashinasimi yoki qilgandang‘illama to‘yimi qizg‘in muhokama qilinadi. Bilib, bilmay kimlardandir eshitgan gaplarimiz aosida o‘zganing hayotini muhokama qilamiz. Yana o‘zimizga taskin berish maqsadida “G‘iybati emas, sifati”, - deb, gapirgan gaplarimizni oqlamoqchi bo‘lamiz.
Mutaassiblikning mohiyati va ofatlari
Bag‘rikenglik an'analari qanchalik qadimiy ildizlarga ega bo‘lsa, toqatsizlik va murosasizlik bilan bog‘liq qarashlar va harakatlarning ildizlari ham shunchalik qadimiydir. Mutaassiblik (fanatizm – fransuzcha «ibodat») uning keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biridir.
Mashhur tilshunos Ibn Manzur: “Taassub” so‘zi “asabiyat”dan olingan. “Asabiyat” boshqalarni o‘zining ota tomonidan qarindoshlariga yordam berishga chaqirish ma'nosini anglatadi. Bir guruhga nisbatan taassub qilish degani o‘sha guruh yordami uchun jamlanish ma'nosini anglatadi, deb yozadi.
HAZRATI UMAR QUYOSHGA QARAGAN EDI, QUYOSh SO‘NDI
Bir kuni Hazrati Umar (r.a.) xirqasini yamar edi. Umarning yelkasi ochiq qolganidan quyosh qattiq qizdirdi. Bu issiqdan Hazrati Umarning muborak qalbi siqildi. Umar quyoshga birdan qaragan edi, Alloh amri ila quyosh harorati, nuri so‘nib pasaydi. Jabroil (a.s.) Rasuli Akram (s.a.v.)ga kelib:
Rahbarga itoat bo‘lmasa...
Insonlarning haq-huquqlarini himoya qiladigan, zolimdan mazlumning haqini olib beradigan, ular o‘rtasida adolat qilib, siyosatini o‘tkazadigan bir rahbar bo‘lmasa, jamoatda tartibsizlik, nizolar kelib chiqishi tabiiy. Chunki insonlarning fikri bir joydan chiqmasligi haqiqat. Insonlarning fikrlarini tinglab, yagona tizim asosida boshqaruvchi rahbar bo‘lmasa, fitna-fasod ko‘payib, ular firqalarga bo‘linib ketishadi. Natijada haq-huquqlar poymol qilinadi, kuchlilar zaiflarni xo‘rlaydi, butun bir ja- miyat inqirozga yuz tutadi.
Fitnaning 11ta xatar va zararlari
- Fitna eng ko‘p qon to‘kilishining eng katta sabablaridan bo‘lib, fitna natijasida jamiyatda talon-taroj va bosqinchilik ishlari keng tarqaladi.
- Fitna dunyo va oxiratda xasrat chekishning sababi bo‘ladi.
Dinni nozik joylarigacha chuqur anglash uchun uni chuqur o‘rgangan ustozdan o‘rganish kerak
Ma'lumki har bir sohada bo‘lgani kabi dinda ham o‘z mutahasisi va payg‘ambarimiz alayhi solatu vasallamgacha ustozlar silsilasi orqali bog‘langan olimdan din ilmini o‘rganish lozim. Bizning hanafiy mazhabimiz ham shahsan sahobalardan ta'lim olgan ustozlar orqali payg‘ambarimiz alayhi salomgacha yetadi.
ALLOH TAOLONI TANISH.
Insonni mukarram ,aqlli qilib yaratilishi unga Xoliqini tanishlikni vojib qiladi.Allohni tanishlikka aql shart qilingandir.Sog‘lom aql o‘z egasini dunyo malomatlaridan va oxirat nadomatlaridan asraydi. Aql egasi uchun borliqni yaratguvchisini tanimaslikda xech kanday uzr yuq. Ba'zi xabarlarda Allohni tanimaslik ko‘zning oq va qorasi orasichalik kufrga yakindir deyilgan. Har bir inson tabiatida Yaratguvchisini tanishlikka moyillik bor. Bunga Qur'on oyatlari va Payg‘ambarimiz sallallohu alyhi vasallam hadislarida dalolatlar kup. "Kim Alloxni tanimasdan dunyodan o‘tsa do‘zaxda qoladi "- deyilgandir "Zohirur rivoya"da. Imom A'zam" Agar Alloh payg‘ambarlar yubormaganda ham, bandalarga o‘z aqllari bilan Allohni tanishlik vojib bo‘lardi"- deganlar. Barchamiz miysoq kunida Allohni Robbimizsan deb ahdu paymon berganmiz. Harbir inson islom fitratida tug‘iladi. O‘zini tanigan har bir banda Robbisini taniguvchidir. ("Sharhu Badil amali "kitobi matni asosida tayyyorlandi)
Zayniddin domla Eshonqulov: Rasul alayhissalomning shafoatlari yer yuzidagi daraxtlar adadichadir (fotolavha)
Alloh taolo marhamat qiladi: “O‘zingiz yoqadigan olovni o‘ylab ko‘ring-a! Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?” (“Voqea” surasi, 71–72-oyatlar).
Fitna tushunchasi
Azhariy aytadilar: “Arablarning kalomida fitna so‘zi “sinov, imtihon” degan ma'nolarni bildiradi. Bu aslida “fatantul fizzota vaz zahaba” degan so‘zdan olingan bo‘lib, oltin va kumushni yaxshisini yomonidan ajratish uchun olovda eritdim, deganini bildiradi. Alloh taoloning “Yavma hum alan naari yaftanun” degan so‘zi ham mana shu ma'nodadir”[1].
Ibnul Arobiy fitnaning ma'nolarini o‘zlarining quyidagi so‘zlari bilan xoslaydilar: “Fitna bu – sinov, fitna bu – mashaqqat, fitna bu – mol, fitna bu – farzandlar, fitna bu – kufr, fitna bu – insonlarning fikrlari bilan ixtilof qilishlari, fitna bu – olov bilan yondirish”[2].




















