Farosat, karomat va istidroj
Farosat lug‘atda “fahmlash”, “o‘tkir aql” kabi ma'nolarni anglatadi. Shuning uchun ham xalqimizda “Farosat yarim karomat”degan hikmatli so‘z bor. “Tuhfatul aoliy” kitobida farosat turlarga ajratilib sharhlangan:
– Iymoniy farosat, banda qalbiga solgan Alloh taoloning nuri bo‘lib, qalbni chulg‘ab oladigan idrokdan iborat bo‘ladi. Ushbu farosat iymon quvvatiga ko‘ra turlicha bo‘lib, iymon qanchalik kuchli bo‘lsa, farosat ham shuncha o‘tkir bo‘ladi.
VATAN HIMOYASI - MUQADDAS BURCHDIR!
Inson o‘z yurti uchun har ishga tayyor turishi, uning ravnaqi, tinchligi uchun kurashish hayotining asosiy mezoni bo‘lishi kerak. Zero, Vatanga xizmat qilish eng oliy burchdir. Yurtimiz istiqlolga erishgan ilk davrdan yanvar oyining 14-sanasi mamlakatimiz tarixiga zarhal harflari bilan yozilgan edi. Chunki o‘sha kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga asos solindi.
Yoshlar yurtimiz buyuk kelajagining garovidir
Ma'lumki, jamiyatimizning gullab-yashnashi, taraqqiy etishi yoshlarimizning aqliy, ilmiy, jismoniy salohiyatiga, ma'naviyatiga bog‘liqdir. Ayniqsa, aholisining katta qismini yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladigan bizning yurtimizda bu masalaning ahamiyati benihoyat katta. Albatta, har tomonlama yetuk shaxs, ma'naviyatli yoshlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Balki, ularning tarbiyasi, ta'limi bilan shug‘ullanish, ularni kitob o‘qishga, ilm olishga qiziqtirishimiz kerak. Buning uchun kerakli shart-sharoitlar yaratishimiz kerak. Shu bilan bir qatorda ularni ezgulikdan, haq yo‘ldan chalg‘ituvchi yomon illatlardan ham saqlashimiz lozimdir. Ana shunday illatlardan biri muqaddas Islom dinini notayin kishilardan o‘rganishdir.
Samarqandlik Hofizi Qur'oni ikki qiroat yo‘nalishidan ijoza oldi !!!
Ko‘hna tarixga ega, azim Samarqand diyori farzandi, Samarqandning Urgut tumanida tug‘ilib o‘sgan, hozirda Toshkent islom instituti Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi uslubchisi Sirojiddin Shodmonov Imom Hafsning Osim ibn Abun Najuddan qilgan rivoyati Shotibiya yo‘li hamda Imom Sho‘baning Osim ibn Abun Najuddan qilgan rivoyati Shotibiya yo‘li orqali Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bog‘langan sanadi bilan Qur'on qiroati bo‘yicha ijoza sohibi, Tahfizul Qur'on kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matovdan ijoza oldi.
Itning a'zolari va qoldig‘i borasidagi fiqhiy qarashlar va ixtiloflar.
It najosati aynmi yoki yo‘qmi degan masalada fuqaholar o‘rtasida ixtiloflar bor. Bu ixtiloflarga nazar solishdan avval najosati ayn nima ekanini bilib olishimiz lozim.
Najosati ayn (ayni najosat, najasul ayn) – butkul najosat degani. Masalan cho‘chqaning najosati ayn ekanligida ixtilof yo‘q.
«Eshitgan narsasini gapiraverishi kishining gunohkor bo‘lishiga kifoya» - Ibrohimjon Inomov
Inson bu dunyoda jismonan sog‘lom bo‘lib yashashi uchun suv va havoga qanchalik muhtoj bo‘lsa, ma'nan milliy qadriyatlarga, ma'rifatga shunchalik ehtiyoj sezadi.
Bu qadriyatlarning, ma'rifatning ildizi Islom ta'limoti bilan sug‘orilgan bo‘lsa, ikki karra saodatdir! Aksincha bo‘lsa, qashshoqlikdan boshqa narsa emas.
Ogoh bo‘ling
Ogoh bo‘ling. Inson bu dunyoni bir kuni tark etishi bor. Tayyormisiz? Jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Ogoh bo‘ling. Bu dunyoda yashayapsiz, xoru-zor bo‘lmaslik uchun molu-dunyo ham kerak. Ammo halol yo‘l bilan topilgan bo‘lishb, undan Alloh yo‘lida foydalanish ham lozim ekan. Chunki, jahannam ham jannat ham abadiy.
* * *
Yolg‘onchilik va uning oqibatlari
Yolg‘onchilik barcha razolatlarning aslidir. Ujamiyatni parchalaydi, barcha ishlarni buzadi va o‘z egasining obro‘sini to‘kadi . Yolg‘onchining gapiga ishonmay qo‘yadilar va unga biror ishni ishonib topshirmaydigan bo‘ladilar. Hayotning har qanday sohasida xoh oldi –sotdi muomalalarida bulsin,xoh ishlab chiqarish sohasida bo‘lsin, xoh maishiy xizmat sohasida bo‘lsin, kishilar o‘rtasida o‘zaro ishonch bo‘lmog‘ilozim.Yolg‘on esa ishonchni yo‘qqa chiqaradi. Shuning uchun ham Alloh yolg‘onchilarni yo‘ldan adashganlar qatoriga qo‘shadi. “ Albatta, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas” ( Zumar surasi, 3- oyat).
Buyuk allomalarimiz biz uchun hidoyat mayog‘idir
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Prezidentimizning Murojaatnomasi yurtimiz hayotida tobora alohida ahamiyat kasb etib borayotgan muhim voqeadir. 2017 yildan buyon an'anaga aylangan bu ijobiy tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e'lon qilinadi. Yangi marralar belgilanadi. Ko‘zlangan maqsadlar mazmunidan kelib chiqib, boshlanajak yil nomi taklif etiladi. 2022 yil 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi mana shunday tadbirda Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari qatori men ham ishtirok etdim.
Yoshlar tarbiyasiga biz ham mas'ulmiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan mamlakat taraqqiyotining eng muhim, ustuvor vazifalari belgilab beriladigan yillik Murojaatnoma e'lon qilindi.
Murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi va yuritishi bilan bog‘liq vazifalar aniq va keskin ravishda belgilab berildi. Masalaga ongli ravishda yondashish, korrupsiya balosiga qarshi keskin kurashish, ilm-fanni, barcha sohaviy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, mamlakat taraqqiyoti haqida so‘zlash behuda.
Nega qushlar uchburchak shaklda uchadi?
Javobi – juda qiziq va oddiy. Bu usul qushlarga uzoq masofani kam energiya sarflagan holda bosib o‘tishlariga yordam beradi. Boisi har bir qush to‘g‘ri qo‘shnisi ortidan uchadi va uning qanotlari hosil qilgan havo oqimi ichida bo‘ladi. Bunday uslub 71 % ko‘proq masofani bosib o‘tish imkoniyatini beradi.
LUQMANGIZ HALOL BO‘LSIN!
Buning uchun bu hadisni esdan chiqarmaylik: Rasululloh (s.a.v.): «Ogoh bo‘linglar, albatta, Alloh qonlaringiz va mollaringizni bir-biringizga harom qildi», deya marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati).




















