O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qirg‘izistonlik ulamolar Samarqandda!

 
 

Xabar berganimizdek, Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev boshchiligidagi bir guruh ulamolar tashrifi viloyatimizda bo‘lib turibdi. Mehmonlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Xomidjon domla Ishmatbekov va Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovlar hamrohlik qilmoqdalar.

Bugun, 20 noyabr' kuni mazkur ulamolar viloyatimizga bo‘lgan tashrifini “Imom Buxoriy” majmuasini ziyorat qilish bilan boshladi. Mazkur qadamjoda Qur'on tilovatidan so‘ng, xayrli duolar qilindi. Shuning bilan birga ulamolar “Imom Buxoriy” ilmiy tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, ikki qardosh xalq ulamolari O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildilar. Bu yerda marhum Islom Abdug‘aniyevich Karimovning haqlariga tilovat qilindi. So‘ng, viloyatimizning eng ko‘rkam va tarixiy qadamjolaridan biri bo‘lgan “Shohi Zinda” majmuasi ziyoratidan so‘ng Qur'oni karimdan tilovatni va duoni qardosh ulamolar qilib berishdi.

Alloh taolo din va qon qarindosh birodarlar o‘rtasidagi ahlligimizni yanada ziyoda qilsin!

Qirg‘iziston Ulamolari Samarqanddagi ziyorati davom etmoqda...

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 20/11/2021 15:16;   Ko‘rilganligi: 1112
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/qirgizistonlik-ulamolar-samarqandda
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 21:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing