O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrda tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar

 
 

Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrda tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar doirasida viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Kattaqo‘rg‘on shahar Do‘stlik, Alisher Navoiy, Go‘zalkent MFYlarda yashovchi ayollar bilan "Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar" va "Ayyol kishining oiladigi vazifalari" mavzusida so‘hbatlashdi.

Shundan so‘ng, Kattaqo‘rg‘on shahar Bobur kchasidaa yashovchi aholi xonodoniga tashrif buyurib hadiyalar ulashdi.

Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrda tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar doirasida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Kattaqo‘rg‘on tumani Bog‘ot mahallasida yashovchi Ibragimova Farida ona honodoniga tashrif bo‘yurib hadiya ulashilib, haqlariga duo qilindi.

Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrda tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar doirasida Samarqand shahar "Lohutiy" jome masjidi imom-xatibi O‘tkir domla Umirqulov Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo MFYda yashovchi kam taminlangan oilalar holidan habar oldi hamda hadiyalar ulashdi.

Shundan so‘ng, "Qoradaryo" MFY binosida uyushmagan yoshlar bilan "Islom tinchlik dini" mavzusida suhbat qildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar doirasida Samarqand shahar "Yangiobod" jome masjidi imom-xatibi To‘lqin domla Ravshanov Kattaqo‘rg‘on shahridagi Qoriravot MFYda yashovchi kam taminlangan oilalar holidan habar oldi hamda hadiyalar ulashdi.

Shundan so‘ng, "Qorirovat" MFY binosida uyushmagan yoshlar va mahalla faollari bilan "Farzand uchun eng qimmat meros – go‘zal tarbiya" mavzusida suhbat qildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar doirasida viloyat bosh imom-xatibi o‘rnibosari Xayrullo domla Sattarov Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan Olmazor MFYda yashovchi mahalla faollari va yoshlar bilan “Ogoh bo‘lgan abgor bo‘lmas” mavzusida  davra suhbati o‘tkazdi. 

Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar doirasida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Kattaqo‘rg‘on tumaniga Mehr 2 operatsiyasi orqali olib kelingan bolalarning honodoniga tashrif bo‘yurib hadiya ulashilib, haqlariga duo qilindi.

Shundan so‘ng, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 96 maktab binosida yoshlar bilan "Tinchlik va barqarorlik – oliy qadriyat!", "So‘kinishlik – tarbiyasizlik alomati" mavzularida suhbatlashdi.

Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar doirasida  tumanga tashrif buyurgan imom-xatiblarimiz peshin namozini hududlarda ado etishib, masjid jamoati bilan suhbatlashishdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/11/2021 15:42;   Ko‘rilganligi: 1315
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/kattaqorgon-tumani-va-kattaqorgon-shahrda-tashkil-etilgan-sayyor-uchrashuv-va-suhbatlar
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 01:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing