O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

 Muftiy Nuriddin domla hazratlari Qozog‘istondagi xalqaro anjumanda qatnashadilar

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari xalqaro anjumanda qatnashish uchun Qozog‘iston respublikasiga tashrif buyuradilar.

Muftiy hazratlari ilk xorij safarlari chog‘ida Qozog‘iston Respublikasi Nursulton shahrida o‘tkaziladigan “Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etadilar.

Nufuzli xalqaro anjumanda Turkiya Respublikasi Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbosh, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Shayx Ravil Gaynutdin, Rossiya musulmonlari Markaziy diniy idorasi raisi, Shayx-ul Islom, muftiy Talgat Safo Tajuddin, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev, Tojikiston islom markazi raisi, muftiy Saidmukarram Abduqodirzoda hazratlari, Mo‘g‘iliston musulmon tashkilotlari ittifoqi raisi Hadis Botirbek hoji, Qozog‘istondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti rektori Muhammad ash-Shahhat al-Jindiy singari Islom olamining martabali ulamolari qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Xalqaro anjuman faoliyatini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/11/2021 16:41;   Ko‘rilganligi: 950
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-nuriddin-domla-hazratlari-qozogistondagi-xalqaro-anjumanda-qatnashadilar
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing