O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

AZONNI TO‘G‘RI AYTISH KERAK

 
 

Kurrai zaminimizda 24 soat mobaynida bir zum ham tinmasdan namozga azon aytiladi. Bu Alloh taoloning mo‘jizasidir. Azon aytishning savobi ulug‘. Chunki muazzin mo‘min-musulmonlarni najotga chorlaydi, namozga shoshilishga undaydi. Shunday ekan, azonni to‘g‘ri aytish va kalimalarini to‘g‘ri talaffuz qilish zarur.

Bugun “Xo‘ja Is'hoqi Vali” masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov viloyat masjidlarida faoliyat yuritayotgan muazzinlarga azonni to‘g‘ri aytish bo‘yicha mahorat sabog‘i o‘tkazdi.

Mashg‘ulotda azonning joriy bo‘lish tarixi, najot nidosiga oid hukmlar, azonni to‘g‘ri aytish tartib-qoidalari va mavzuga doir boshqa masalalar batafsil bayon etildi.

Mahorat sabog‘i so‘ngida muazzinlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/11/2021 13:13;   Ko‘rilganligi: 1043
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/azonni-togri-aytish-kerak
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 01:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing